Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyning BAAdagi harbiy obekti qurilishini to‘xtatib qo‘ydi
AQSh razvedkasi Xitoy Abu-Dabidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Xalifa portida shubhali faoliyat olib borayotganidan bir yilcha avval xabar topgan.
Foto: AP
Amerika razvedkasi Xitoy Birlashgan Arab Amirliklarida maxfiy harbiy obekt qurayotganidan xabar topdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedkasi Xitoy Abu-Dabidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Xalifa portida shubhali faoliyat olib borayotganidan bir yilcha avval xabar topgan.
Shu yilning bahorida sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Xitoy portda harbiy obekt qurmoqda degan xulosaga olib kelgan. Bu ma'lumot AQSh prezidenti ma'muriyatini xavotirga solgan va BAAni qurilishni to‘xtatish zarurligiga ishontirish uchun diplomatik sa'y-harakatlar amalga oshirilgan, degan WSJ manbalari.
Qator uchrashuvlar va amerikalik amaldorlarning BAAga safarlaridan so‘ng obekt qurilishi to‘xtatilgan.
BAAning Vashingtondagi elchixonasi Abu-Dabi Xitoy bilan «harbiy baza joylashtirish bo‘yicha kelishuv yoki rejaga ega bo‘lmaganini» ma'lum qildi.
Mavzuga oid
14:04 / 13.12.2025
BAAda ishlayotgan o‘zbekistonliklar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
15:41 / 05.12.2025
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yangi quyosh, shamol va GES loyihalarini amalga oshiradi
09:15 / 29.11.2025
OAV: Uraldagi harbiy bazada raketa uchirilishi chog‘ida portlab ketdi
11:41 / 28.11.2025