O‘zbekiston | 11:58 / 04.04.2019
6366
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: REUTERS

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 martdagi 113-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013 yil 26 avgustdagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga neft mahsulotlarini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 113-bandi uchinchi xatboshisi (Neft mahsulotlarini uzoq muddat mas'ul saqlashga qabul qiladigan tashkilotlarda chiqmaydigan qoldiq birinchi guruh moddiy boyliklari hisobiga kiritilmaydi) chiqarib tashlanadi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat loyihasi “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan kelishilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid