Andijonlik maktab o‘quvchisi Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Andijon shahridagi 4-umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Eldor Usmonov Tokio olimpiadasining suzish bo‘yicha musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eldor Usmonov – viloyat suv sportiga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi.
U shu oy Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston ochiq chempionatida 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha 51,83 soniya natija qayd etib, Olimpiada normativini bajardi.
«Oilamizda sportga juda qiziqishadi. Ota-onam 7 yoshimda Andijon shahridagi suv havzasiga olib borib, murabbiyim Oybek Ismoilovga topshirishdi. Uzoq yillar kuniga 4 soatdan suzish bilan shug‘ullandim.
Ustozlarimning mehnati evaziga o‘tgan hafta Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston ochiq chempionatida Tokio olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldim.
Shuni bildimki, agar inson o‘z ustida uzoq ishlasa, albatta muvaffaqiyatlarga erishadi. Barcha tengdoshlarimni sport bilan shug‘ullanishga chaqirib qolaman», – deydi Eldor.
Andijon viloyat suv sportiga ixtisoslashgan BO‘SM murabbiyi Oybek Ismoilovdan shogirdining muvaffaqiyati haqida so‘radik.
«Eldorning muvaffaqiyatidan juda xursandman. U singari yosh sportchilarning katta g‘alabalarga erishishi minglab o‘quvchilarni stadionlar, suv havzalari tomon borishlariga sabab bo‘ladi. Bu juda yaxshi», – deydi Oybek Ismoilov.
Ma'lumot uchun, 2016 yilgi Rio Olimpiadasining suzish musobaqalarida O‘zbekistonning 2 sportchisi qatnashgan bo‘lsa, 2021 yilgi Tokio Olimpiadasiga o‘zbekistonlik 5 nafar suzuvchi yo‘llanma oldi.
23 iyuldan start olishi kutilayotgan olimpiya o‘yinlarida Eldor Usmonovdan tashqari Aleksey Tarasenko, Odilbek Yusupboyev, Xurshidjon Tursunov va Vladislav Mustafin ham O‘zbekiston sharafini suzish musobaqasida himoya qiladi.
Elmurod Ermatov,
Jahongir Mahmudov
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
Mavzuga oid

08:11
Andijonda “Tozalash“ tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi

18:07 / 09.12.2024
Andijonda Lacetti yonib ketdi

16:59 / 04.12.2024
Andijondagi mutasaddilarning harakatlariga baho berish uchun ogohlantiruv hujjati kiritildi - Bolalar ombudsmani

18:47 / 03.12.2024