Andijon viloyati IIB YHXB Andijon şahrida Lacetti rusumli transport vositasi yonib ketgani töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 9 dekabr kuni soat 16:00 larda Andijon şahar Sanoat mahallasida yaşovçi 52 yoşli Z.X. özining boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtomaşinasida Paxtaobod mahallasi hududidan ötgan A.Yöldoşev köçasida harakatlanib ketayotganida transport vositasining old qismida elektr sim ötkazgiçlaridan çiqqan qisqa tutaşuv tufayli yonğin sodir bölgan.
Körilgan tezkor çoralar natijasida uşbu yonğin şahar FVB xodimlari tomonidan töliq bartaraf etilgan. Yonğin oqibatida transport vositasi moddiy zararlangan, tan jarohati olgan şaxslar mavjud emas.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda şahar FVBning mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkentda beton bordyurga borib urilgan Matiz yonib ketgani, şuningdek, Namanganda JAC pikapida yonğin çiqqani töğrisida xabar berilgandi.

















