28 noyabr kuni Andijon viloyati Xöjaobod tuman IIB boşliği Rustam Jaloliddinov tumandagi maktablarning 18 nafar öquvçisi bilan «suhbat« ötkazgani xabar qilingan edi. Hokimlik bu bolalarni «qizil toifada» deb e’lon qilgan.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, uşbu holat yuzasidan mutasaddilarning mazkur harakatlariga baho beriş hamda bola manfaatiga zarar yetkazuvçi bunday harakatlarga yöl qöymaslik yuzasidan tegişli ogohlantiruv hujjati kiritildi.

Ombudsman mas’ullarning heç bir harakati bolalarni ajratiş, diskriminatsiya qiliş, ularni şa’ni va qadr qimmatiga zarar yetkazişga asoslanişi mumkin emasligi bildirgan. Bolalarni yuzlarini oçiq körsatgan holda muayyan toifaga mansub deb ajratiş – bola huquqlari kafolatlariga mutlaqo ziddir.

«Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunçilik hujjatlariga muvofiq, har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi. Özbekiston BMTning «Bola huquqlari töğrisida»gi Konvensiyasiga a’zo davlat sifatida (2-modda), har bir bola uçun közda tutilgan barça huquqlarni, heç qanday kamsitişlarsiz hurmat qiladi hamda uşbu huquqlarni ta’minlab beradi. Aytiş kerakki, 18 nafar bolalarning yuzlarini oçiq körsatgan holda muayyan toifaga mansub deb ajratiş – bola huquqlari kafolatlariga mutlaqo ziddir.

Mutasaddilarning mazkur harakatlariga baho beriş va bunday harakatlarga yöl qöymaslik çoralarini körişga oid tegişli ogohlantiruv hujjati kiritildi», — deyiladi Bolalar ombudsmani Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotnomada.

Şuningdek, Bolalar ombudsmani bu holatda «vijdon erkinligiga oid masala mavjud emas»ligini qayd etdi.

Holatga Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi Muslim Ibrohimov ham izoh berib, bu holatda öquvçilarni «kamsituvçi holat mavjud emasligi»ni aytgan.

«Tarmoqlarda bu holat yoşlarni kamsitiş sifatida atalgan. Ammo, vaziyat aytilganidek emas. Yoşlar bilan işlaşda har bir sektor rahbari oldida muhim vazifalar mavjud. Bunda, öquvçi-yoşlar hayoti, qiziqişi va öquv jarayonidagi holatdan kelib çiqib, reja asosida iş yuritiladi. Toifalar öquvçilar yoki yoşlarni emas, sektor rahbari oldidagi vazifalarni nazarda tutadi.