Tadbirlar davomida qariyb 11 yil avval bosqinçilik jinoyatini sodir etgan şaxslarning jinoiy qilmişi foş etildi. Şahrixon tumanida yaşovçi fuqaroning xonadoniga 2014 yil 21 may tunida ikki nafar niqobli şaxs piçoq va ov quroli bilan kirib, xonadon egasi va uning oilasiga hujum qilgan.
Noma’lum şaxslar pul talab qilgan. Uy egalariga kimgadir bu haqda murojaat qilgan taqdirda öldirib ketiş bilan tahdid qilgan. Uy egasining telefonini sindirib, noma’lum tomonga yaşiringan.
Uşbu jinoyatni 1990 va 1993 yilda tuğilgan ikki nafar şaxs sodir etgani aniqlanib, ulardan biri qölga olindi. Uning jinoiy şerigiga nisbatan esa qidiruv olib borilmoqda.
Jinoyatni sodir etişda foydalanilgan ov miltiği olinib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirildi.
Xöjaobod tumanida 1984 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi Lacetti avtomaşinasi töxtatib tekşirildi. Unda jami 2 kg gaşiş giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Yana bir holatda noqonuniy mayning fermasini taşkil etgan şaxs aniqlandi. Uning xonadonidagi mayning qurilmalar va sovitiş ombori tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan şartnoma tuzmasdan, noqonuniy ravişda tarmoqqa ulanib faoliyat yuritib kelgan.
Buning oqibatida 1,2 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.













