Pepsi qanday ishlab chiqariladi? O‘zbekistondagi zavoddan birinchi reportaj
2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondagi Pepsi Yevropa va MDH davlatlari orasida eng yaxshisi deb topilgan. Business Class mana shu mashhur ichimlik qanday tayyorlanishi haqida zavodning o‘zidan eksklyuziv ko‘rsatuv tayyorladi.
Pepsi ichimligi dunyoning 200dan ortiq mamlakatida iste’mol qilinadi. Bu mashhur ichimlikning ixtirochisi shimoliy karolinalik Kaleb Devis Bredem ismli shifokor bo‘lgan. Ichimlik hazm qilishga yordam berishiga ishongan Bredham uni 1898 yildan dorixonalarda sota boshlaydi. Ichimlik qisqa vaqtda mashhurlikka erishishi natijasida, 1902 yilda Pepsi kompaniyasi tashkil topdi.
O‘zbekistonda Pepsi kompaniyasi sovet davrida ham mavjud bo‘lgan, lekin 1993 yilda zavod yopildi va qariyb 20 yil davomida Pepsi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan. Faqatgina 2011 yil aprel oyida International Beverages Tashkent kompaniyasi tashkil topishi orqali Pepsi O‘zbekistonga qaytadi.
“2011 yilda ishlab chiqarishni boshlashimizga qaramay, bozorga kirib kelishimiz juda qiyin kechgan, – deya eslaydi kompaniya ishlab chiqarish direktori Dilmurod Muxtorov. – O‘sha paytlari xalqimiz Pepsi'ni mahalliy brend bilan adashtirardi. Yolg‘on bo‘lmasa, 3 yil deganda u Amerika brendi ekanini odamlarga yetkazdik.
Keyin Pepsi'ga tegishli boshqa ichimliklarni ham qo‘shib borishga intildik. 2012 yilda Mirinda, 7UP, 2013 yilda Lipton choylarini xalqimizga yetkaza boshladik. Ishlab chiqarish jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston mamlakatlaridan mutaxassislarni jalb qildik”.
Ko‘rsatuvni tayyorlar ekanmiz, Pepsi zavodida ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganib chiqishga harakat qildik. Zavoddagi 1-bosqich 40 metr chuqurlikdan olinadigan suvni qayta ishlashdan boshlanadi, o‘z navbatida u ham mayda bosqichlardan iborat.
Keyin asosiy ishlab chiqarish bo‘limiga o‘tdik. Bu yerda deyarli barcha ishlar maxsus uskunalar yordamida bajarilishi, ulkan zavod to‘liq avtomatlashtirilgani sababli xodimlar soni ancha kamligi ma’lum bo‘ldi. Tayyorlangan qiyomga suv, gaz qo‘shilib, qadoqlash, yorliq yopishtirish ishlari bilan jarayon yakunlanadi.
Butun dunyo taniydigan brendni reklama qilaverish shartmi?
“Pepsi kompaniyasi butun dunyoda mashhur bo‘lgani bilan raqobat degan narsa bor. Reklama sotuv hajmini oshiruvchi bosh omil ekanini, biznes hech qachon chegara bilmasligini unutmaslik kerak. Shuning uchun, Pepsi mashhur brend bo‘lishiga qaramay, reklamaga bo‘lgan e’tibor muhimligicha qolaveradi.
Reklama strategiyasini yaratishda ko‘proq milliy qadriyatlarimizga alohida ahamiyat beramiz: Navro‘z bayrami, Ramazon oyi munosabati bilan maxsus yorliq bilan ishlab chiqarilgan Pepsi ichimliklari so‘zimiz isboti bo‘la oladi”, – deydi Marketing va savdo departamenti direktori Qahramon Islomov.
Pepsi kompaniyasiga laboratoriya nega kerak?
“Laboratoriya kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, mikrobiologik tahlillarni amalga oshirish uchun zarur. Ichimligimiz tarkibi yorliqda ko‘rsatilganlarga to‘liq mos kelishini tekshirib borishimiz kerak. Tarkib talablarimiz va retsept bo‘yicha qat’iy nazorat qilinib, mahsulotimiz 100 foiz halolligiga javob beramiz”, – deydi Sifat nazorati bo‘yicha direktor Umida Joniqulova.
Ko‘rsatuvni YouTube'da to‘liq tomosha qiling va video ostiga o‘z fikringizni qoldiring! Eng qiziqarli va kreativ izoh egasi deb topilgan 5 kishiga Pepsi ichimliklari taqdim etiladi. Muddat – 2022 yilning 29 apreligacha.
Business Class'ni kuzatib boring, biri-biridan qiziq kompaniyalar hali oldinda. Biz biznesni ichkaridan ko‘rsatamiz!
Ijodiy jamoa:
Eldor Abdulvohid
Nuriddin Nursaidov
Ibrohim Samatov
Afzalbek Muhammadjonov
Pepsi ishlab chiqaruvchi “International Beverages Tashkent” kompaniyasi bilan aloqa:
Mavzuga oid
11:53 / 06.10.2024
O‘quv markazi, kitob do‘koni va SMM: Ikki yilda uchta biznes ochgan yosh tadbirkor hikoyasi
17:00 / 14.09.2024
Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!
17:00 / 04.09.2024
Pepsi Music Fest'ga juda oz qoldi!
17:00 / 20.08.2024