Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy jamoada yangi bosh murabbiy va iPhone 17 olib kirishdagi to‘lovlar – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 2006 yilgi jahon chempionati g‘olibi, «Oltin to‘p» sohibi, o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi.
Italiyalik murabbiy jamoani AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi. O‘FA xabarida shartnomaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Oldinroq ommaviy axborot vositalarida Kannavaro va shtabining yillik maoshi miqdori 4 mln yevro atrofida bo‘lishi haqida xabar tarqalgandi.
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda yana 1-o‘ringa chiqdi
6 oktyabr soat 10:00 holatiga Toshkent shahri havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 158 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu «zararli» tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
IQAir portaliga ko‘ra, poytaxt havosida PM10 turidagi zararli zarrachalar miqdori 269,7 mkg/m³ ga yetgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan (har kuni uchun 45 mkg/m³) qariyb 6 barobar yuqori bo‘lib, inson salomatligi uchun xavfli darajadir.
Afsuski, so‘nggi paytlarda Toshkent shahri havoning iflosligi reytingida muntazam ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
O‘zbekistonda oltin narxi yil boshidan buyon qariyb 40 foizga oshdi
6 oktyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarning yangilangan narxini e’lon qildi. 1 gramm oltinning qiymati 1 mln 572 ming 600 so‘mga yetib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Narx rekordi yil boshidan beri 36 marta yangilandi. Oltin quymalar oxirgi bir yilda 40 foizga, yil boshidan beri 38 foizga qimmatladi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa narx 40,2 foizga oshgan.
Jahon bozorida ham oltin narxining o‘sishi kuzatilmoqda
Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 smartfonini olib kirishdagi to‘lovlar haqida ma’lumot berdi
Mobil qurilmaning bojxona qiymati belgilangan normadan ortgan taqdirda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Shuningdek, bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderini to‘ldirish va rasmiylashtirish uchun BHM 25 foizi (103 000 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Shuningdek, iPhone 17 rusumidagi mobil qurilma olib kirilganda, uning bojxona qiymati agar xarid cheki, kvitansiyasi va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari mavjud bo‘lsa, undagi qiymatdan kelib chiqib, agar mavjud bo‘lmasa Apple kompaniyasining fuqaro kelayotgan davlatdagi rasmiy saytidagi narxlarga asoslaniladi.
Naqd pul shaklida pensiya tarqatishda Face-ID qo‘llana boshlandi
Fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd pul shaklida pensiya to‘lash boshlandi.
Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, oktyabr oyidan boshlab hududlarda pensiyalarni naqd shaklda to‘lashda fuqarolar biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilinyapti va ularning imzosi elektron shaklda olinyapti.
Ta’kidlanishicha, endi pensiyani fuqaroga to‘lamaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlarining oldi olinadi.
Mavzuga oid
21:02 / 12.12.2025
«Metan zapravka»larda cheklovlar va Farg‘ona vodiysiga ko‘chma konteynerda gaz – mahalliy dayjest
21:54 / 11.12.2025
Uy-joy va avtomobil savdosida naqd puldan voz kechilishi va inson a’zolari savdogarlariga jazo – mahalliy dayjest
22:32 / 10.12.2025
800 ta paxta terish mashinasi va Piskentdagi daraxtkushlik – mahalliy dayjest
22:46 / 05.12.2025