O‘zbekiston | 08:29 / 22.02.2021
3525
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari o‘zgartirilmadi

Toshkent shahar hokimining «2021 yil uchun Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Stavkalar o‘zgartirishlarsiz, 2020 yilda belgilangan darajada qoldirildi.

Norma’ning yozishicha, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2021 yil uchun Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan 1 kv.m uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari (1);

Ijara to‘lovini (ijara to‘lovining bazaviy stavkasini) hisoblash tartibi hamda qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar (2);

Toshkent shahridagi markaziy magistral ko‘chalar ro‘yxati (3).

Ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlariga o‘zgartirishlar kiritildi, endi metallolom va ikkilamchi qog‘oz mahsulotlarini qabul qilish uchun binoni ijaraga olish mumkin. Shuningdek, ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlariga notarial xizmatlar ham kiritilgan (103-b.).

Qarorga muvofiq ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar (2) Toshkent shahar hokimining 24.02.2015 yildagi 162-son qarorida belgilangan chegaralarga asosan aniqlanadi:

Toshkent shahridagi markaziy magistral ko‘chalar ro‘yxati (3) to‘ldirildi, endi undagi ko‘chalar soni 96taga yetdi.

Toshkent shahar hokimining 31.01.2020 yildagi 100-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

Mavzuga oid