O‘zbekiston | 19:32 / 24.01.2026
10106
1 daqiqa o‘qiladi

Barcha mahallalarning nomlari qayta ko‘rib chiqiladi

Kadastr agentligi tomonidan har bir mahallaning chegaralari ko‘rib chiqilib, kadastr hujjatlari asosida xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlanadi.

Foto: Kun.uz

Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan barcha (jumladan, bir xil nomda yuritiladigan, nomlari talabga javob bermaydigan) mahallalarning nomlari ularning tarixiy nomlanishi va aholi fikridan kelib chiqib, qaytadan ko‘rib chiqiladi.

Mahallalarning nomlari “Raqamli mahalla” axborot tizimida mahallaning yagona reyestri moduli orqali yuritilishi ta’minlanadi.

Kadastr agentligi tomonidan har bir mahallaning chegaralari ko‘rib chiqilib, kadastr hujjatlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlarida mahallalarning chegaralari tasdiqlanadi

Har bir mahalla binosiga mahalla chegaralari chizmasi o‘rnatiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid