Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yangi valiahd shahzoda e'lon qilindi
Yaponiyada imperator Naruxitoning ukasi, shahzoda Akisinoning valiahd shahzoda deb e'lon qilinishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
shahzoda Akisino
54 yoshli Akisino “Rikkosi no rey” deb ataluvchi bir qator tadbirlarning birinchisida ishtirok etdi. Dastavval ushbu marosim 19 aprelda o‘tishi va unda 350dan ko‘proq odam ishtirok etishi mo‘ljallangandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sababli marosim keyinroqqa ko‘chirilgandi va ishtirokchilar soni 50 nafargacha qisqartirilgandi.
15 daqiqacha davom etgan marosim Yaponiya imperatori Naruxitoning so‘zlari bilan boshlandi. “ Shahzoda Akisinoni valiahd shahzoda deb e'lon qilaman”, deb aytgan imperator. Marosimda ishtirok etgan bosh vazir Yosixide Suga yangi valiahd shahzodani hukumat nomidan tabriklagan.
“Rikkosi no rey” doirasida ikkinchi tadbir kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Unda Akisino imperator qilichi “Tsubokiri”ni oladi. Ushbu qilich Akisinoning valiahd shahzoda maqomini tasdiqlaydi. Akisinoning valiahd shahzoda deb e'lon qilinishi munosabati bilan o‘tkaziladigan bazm esa pandemiya sababli bekor qilindi.
54 yoshli Akisino 2019 yil 1 mayda taxtni egallagan imperator Naruxitoning ukasi hisoblanadi. Endilikda Akisino taxtni egallashga navbatda birinchi bo‘ldi. Navbatda ikkinchi bo‘lib uning 13 yoshli o‘g‘li Xisaxito turadi.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
10:04 / 10.05.2026