Tug‘ma yoki hayot davomida olingan jarohat, kasallik tufayli 16 yoshga yetguniga qadar nogiron bo‘lib qolgan shaxslar ─ bolalikdan nogiron shaxslar deb yuritiladi.

Bolalikdan nogironlik uchun nafaqani kimlar olishi mumkin?

Bolalikdan nogiron shaxslarga nogironlik nafaqalarini tayinlashning huquqiy asosi – Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan «Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi.

Ushbu nizomga ko‘ra, bolalikdan nogironlik uchun nafaqa tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e'tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat'i nazar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek, nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalarga beriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Nogironlik nafaqasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan ajratiladi.

Nogironlik nafaqasi tayinlanishi uchun quyidagi hujjatlar Pensiya jamg‘armasining tuman/shahar bo‘limlariga taqdim etilishi lozim:\

─ nogironlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida ariza;

─ 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan – pasportining nusxasi;

─16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaxs tomonidan — pasportining nusxasi va sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa;

─ muomalaga layotqatsiz deb e'tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning va OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan