Jahon | 14:47 / 27.03.2026
4693
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: «Saudiya Arabistonida Ukrainani qiziqtiradigan narsa bor»

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

26 mart kuni Saudiya Arabistoniga kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki mamlakat mudofaa vazirliklarining mudofaa sohasidagi hamkorligi to‘g‘risidagi hujjat imzolanganini ma’lum qildi.

«Biz o‘z tajribamiz va tizimimizni Saudiya Arabistoni bilan baham ko‘rishga va insonlar hayotini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz», – degan Zelenskiy va Ukraina besh yildirki Rossiya raketa va dronlari hujumini qaytarish bilan shug‘ullanib kelishini eslatgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon Ol Saud bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat, «Eron rejimiga Rossiyaning yordami», yoqilg‘i bozorlaridagi vaziyat va ehtimoliy energetika hamkorligini muhokama qilgan.

«Saudiya Arabistonida Ukrainani qiziqtiradigan narsa bor. Bu ikki tomonga ham foydali hamkorlik bo‘lishi mumkin», – deb hisoblaydi Ukraina prezidenti.

AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan buyon Ukraina Eron dronlariga qarshi kurashda o‘z yordamini taklif etib kelmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid