Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mehmonxonaga toifa olish yoki uni oshirish ishlari uchun mablag‘ ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Foto: Getty Images
Turizm sohasining alohida sub'yektlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xo‘jalik sub'yektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Mehmonxonaning toifa olish yoki oshirishini subsidiyalash tartibi belgilandi.
Subsidiya qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga mehmonxonaga toifa (yulduz) olish yoki toifani oshirish uchun mehmonxonani renovatsiya, rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qilingan ishlarga ajratiladi.
Mehmonxonaga toifa (yulduz) olish yoki oshirish ishlari uchun subsidiya ajratish 2021 yil 1 iyunga kadar amalga oshiriladi.
Subsidiya bir marta, quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
3 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 5 million so‘m;
4 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 10 million so‘m;
5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 15 million so‘m.
Yuridik shaxs subsidiya ajratilishi uchun Turizm qo‘mitasiga subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda arizalarni qabul qilish 2021 yil 15 mayga qadar, ularni ko‘rib chiqish 2021 yil 1 iyunga kadar amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma;
mehmonxonaning binolari va inshootlarini renovatsiya, rekonstruksiya qilish va (yoki) moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan 3, 4 yoki 5 yulduzli mehmonxona toifasi ko‘rsatilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi.
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:59 / 30.12.2025
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga 10,7 mln turist tashrif buyurdi
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025