O‘zbekiston | 14:55 / 20.02.2026
3129
1 daqiqa o‘qiladi

Yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sifatini tekshirish uskunalari o‘rnatiladi

2026 yildan boshlab AYoQShlarda neft mahsulotlari sifatini tekshirish imkonini beradigan maxsus qurilmalarni o‘rnatish boshlanadi. 2030 yilga borib bunday uskunalar barcha yonilg‘i quyish shoxobchalarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz

AYoQShda iste’molchilar tomonidan neft mahsulotlari sifatini tekshirish imkonini beradigan maxsus qurilmalar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston-2030 strategiyasida ko‘zda tutilgan

Qayd etilishicha, yonilg‘i quyish shoxobchalarini uskunalar bilan jihozlash 2026 yildan boshlanadi va yil yakunigacha qamrov darajasini 10 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2027 yilda 25 foiz, 2028 yilda 50 foiz, 2029 yilda 75 foiz, 2030 yilda esa 100 foiz bo‘lishi ko‘zda tutilyapti.

Ishlar xususiy sektor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid