Ma’lum qilinişiça, 2025 yilda neft mahsulotlari böyiça olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 799 ta AYoQŞ va korxonalardan 2 289 ta namuna olingan. Tahlil natijalariga köra, 247 ta sub’yektda 8 mln 962 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi, ya’ni sifatsiz ekani aniqlanib, ularning sotuvga çiqarilişi oldi olingan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklaş böyiça körsatmalar berilgan hamda uning bajarilişi nazoratga olingani qayd etildi.
Şuningdek, texnik reglament talablariga javob bermaydigan va me’yoridan ortiq zaharli moddalar çiqişiga olib keladigan yonilği-moylaş materiallarini realizatsiya qilganlik uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik mavjudligi eslatildi.












