Ma’lum qilinişiça, avvalambor yonilği sotib olingan AYoQŞning töliq nomi va manzili, şuningdek, mahsulot uçun tölov qilinganini tasdiqlovçi çek saqlangan bölişi şart. Bu keyingi murojaatlarni rasmiylaştiriş uçun asosiy dalil hisoblanadi.

Agar avtotransport vositasi dvigatelidagi nosozlik aynan sifatsiz yonilği oqibatida kelib çiqqan deb hisoblansa, u holda ta’mirlaş işlari olib borilayotgan texnik xizmat körsatiş şoxobçasi tomonidan berilgan rasmiy xulosa talab etiladi.

Muhim jihat: amaldagi qoidalarga köra, avtotransport vositasining yonilği bakidan namuna olib, uning sifatini tahlil qiliş közda tutilmagan. Sifat tekşiruvi faqat şubha tuğilgan AYoQŞda saqlanayotgan neft mahsulotlaridan belgilangan standartlar asosida namuna oliş orqali amalga oşiriladi va uşbu namuna kimyo-nazorat laboratoriyalarida tahlil qilinadi.

Şu bois, şubha tuğilgan holatlarda sifatsiz yonilğining iste’molçilarga tarqalişining oldini oliş maqsadida, fuqarolardan darhol Özenergoinspeksiyaning işonç telefoniga — (71) 208-10-15 orqali murojaat qiliş söralmoqda.