«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyati davom ettiriladi, imtiyozli kredit berish esa bekor qilinadi
«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. Faqatgina imtiyozli kredit berish bozor qoidalari asosida Markaziy bankka o‘tgan.
![](https://storage.kun.uz/source/6/GnlEHPf_6jB0V0tvp6Y3U_5nlm7hXKoo.jpg)
Kelasi yildan boshlab yoshlarning biznes loyihalariga mablag‘ ajratish, kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Shu tufayli, jamg‘arma tomonidan yoshlarga imtiyozli kredit berish to‘xtatilgan, deb xabar bermoqda Yoshlar Ittifoqi axborot xizmati vakili.
Ta'kidlanishicha, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kreditlarning foiz stavkasining ma'lum qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
«2021 yildan boshlab «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyatining qamrov darajasi yanada kengaytirilib, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi 20 dan ortiq faoliyat turlari bilan doimiy shug‘ullanib borishi belgilangan.
«Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tomonidan bugungi kunga qadar yoshlarning 8 ming 471ta biznes loyihalariga jami 1,8 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish orqali 45 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishiga erishilgan», — deyiladi Ittifoq xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi masalasida munosabat bildirib, jamg‘arma tomonidan imtiyozli kreditlar berilmasligini aytib o‘tgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Rossiya rasmiylari Tramp-Putin muzokaralariga tayyorgarlikni boshlaydi
Jahon | 23:30
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15
-
Qo‘qonda ko‘pyillik daraxtni kesmoqchi bo‘lgan fuqarolar qamoqqa olindi
Jamiyat | 23:02
-
Killerlarga hukm, gullayotgan korrupsiya va kayfiyati tushayotgan biznes - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/daCsl1MWCEaMZfKGKV1qHIOR3QNZIFyB_medium.jpg)
18:20 / 04.08.2023
Xiva, Nukus, Termiz, Shahrisabz, Olmaliq shaharlarida o‘tkazilgan “Biznes Marafon” tadbirlarida 10 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etishdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/3/P8G8yZa7V3YLP4PWUsKaJQm2AFV4UXX3_medium.jpg)
10:00 / 08.08.2018