Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi faoliyati takomillashtiriladi
Foto: Mir 24
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining yangilangan tarkibi;
YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida nizom (yangi tahrirda);
YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining yangilangan tuzilmasi tasdiqlanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Milliy komissiya deb ataladi) tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 7 nafar bo‘lgan kotibiyat faoliyat yuritadi;
Milliy komissiya kotibiyati rahbari – Milliy komissiya bosh kotibi maqomi, mehnat haqi, tibbiy va transport ta'minoti shart-sharoitlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Komissiya kotibiyati xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkalarini joriy etish to‘g‘risida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 4-ilovasiga muvofiq belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari qo‘llaniladi;
Milliy komissiya kotibiyatini saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagilar Komissiya faoliyati va xalqaro hamkorligining asosiy sohalari hisoblanadi:
ta'lim;
ilm-fan;
madaniyat;
ommaviy axborot va kommunikatsiyalar.
Jahon sivilizatsiyasi va madaniyati markazlaridan biri sifatida YuNeSKO va AYSeSKO faoliyatlarida O‘zbekistoning xalqaro obro‘ va rolini mustahkamlash, Respublika vazirliklari va idoralarining O‘zbekiston Respublikasida YuNeSKO va AYSeSKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda) Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Komissiya o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Davlat dasturlarida belgilangan mamlakatning xalqaro imidjini mustahkamlashga qaratilgan tegishli topshiriqlarning amalga oshirilishini ta'minlash;
O‘zbek xalqining madaniy va tarixiy merosi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa milliy manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda himoya qilish;
O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini fan-ta'lim madaniy-gumanitar sohalarida hamda mamlakatning hududiy va global rivojlanish bo‘yicha asosiy masalalarida pozitsiyasi va yondashuvini ilgari surish;
YuNeSKO va AYSeSKO tadbirlarida hamda loyihalarida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va mutaxassislarining qatnashishi to‘g‘risida YuNeSKOning kotibiyatiga hamda mintaqaviy bo‘linmalariga, AYSeSKO Bosh direksiyasiga takliflar tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda kiritish;
ta'lim, fan, madaniyat va axborot sohasida mintaqaviy, submintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha YuNeSKO, AYSeSKO Bosh direksiyasining mintaqaviy byurosi va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar o‘tkazish (YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakilligi bilan birga);
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YuNeSKO va AYSeSKO tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda qatnashish;
YuNeSKO va AYSeSKO tomonidan chaqiriladigan Bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tayyorlashga va o‘tkazishga ko‘maklashish;
YuNeSKO va AYSeSKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda O‘zbekiston Respublikasining milliy, hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarining ishtirokini rag‘batlantirish.
Mavzuga oid
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
21:15 / 11.12.2025
Sumalak tayyorlash YuNeSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
13:00 / 11.12.2025