2017 yilda “Özbektelekom” AK sobiq boş direktori Şuhrat Qodirov Özbekistonda “mobil qullik” deb ataluvçi holat öşa yil oxirigaça bekor qilinişi mumkinligini aytgan edi.
“Mobil qullik”ning bekor qilinişi – Özbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti özining telefon raqamini saqlab qolgan holda boşqa kompaniyani özgartirişi mumkin bölişini anglatadi.
Öşa paytda Qodirov oxirgi 3-4 oy davomida bu mavzuning “Özbektelekom” va asosiy mobil kompaniyalar darajasida muhokama qilinişi faollaşganini ma’lum qilgandi.
Yana yillarga çözilgan tartib
Şundan keyin, prezidentning 2018 yil 14 maydagi qarori 5-bandida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmoği abonenti boşqa mobil aloqa tarmoğiga ötganda telefon raqamini saqlab qoliş tartibini işlab çiqiş va tasdiqlaş vazifasi yuklatilgan edi.
Bu topşiriq 2018 yil yakunida emas, oradan salkam 2 yil ötib bajarildi. Adliya vazirligida 2020 yil 30 iyun kuni röyxatga olingan hujjatga köra, 2020 yil 1 oktyabrdan e’tiboran, masalan UzMobile abonenti telefon raqamini özgarişlarsiz aynan şu körinişda (kodi bilan birga) Beeline abonenti sifatida rasmiylaştirişi mumkin böldi.
Yana mavhumlik…
2020 yilda 1 oktyabrdan boşlab abonentlar boşqa uyali aloqa kompaniyasini tanlaganda ham telefon raqamini saqlab qolişi mumkin bölişi haqida xabarlar tarqalgaç, Kun.uz bu masalada AKT vazirining matbuot kotibi Şerzod Ahmadov bilan boğlangandi.
Ahmadov öşa paytda 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan boşqa kompaniyaga ötiş mumkinligi haqiqatdan yiroq ekanini aytgan, lekin bunday imkoniyat “yaqin kelajakda paydo bölişi kutilayotgani”ni bildirgandi.

















