Özbekistonda joriy yil oxirigaça "mobil qullik" deb ataluvçi holat bekor qilinişi mumkin, deb xabar berdi "Özbektelekom" AK boş direktori Şuhrat Qodirov press-klub yiğilişida.

"Mobil qullik"ning bekor qilinişi Özbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti özining telefon raqamini saqlab qolgan holda kompaniyani özgartiriş jarayoni joriy qilinişini nazarda tutadi. 

Qodirovning aytişiça, oxirgi 3-4 oy davomida bu mavzuning "Özbektelekom" va asosiy mobil kompaniyalar darajasida muhokama qilinişi faollaşgan.

"Biz oxirgi 3-4 oy içida regulyator darajasida işlamoqdamiz, bu jarayonning qonunlari, texnik imkoniyatlarini örganmoqdamiz. Bugungi kunda mobil operatorlarning rahbarlari va vakillari bilan tez-tez uçraşuvlar bölib turibdi, bu masala oxirgi vaqt juda faollaşgan va biz bu ustida jiddiy işlamoqdamiz. Yarim yildan bir yilgaça vaqt içida bu masala amalga oşişi mumkin", deb ta'kidlab ötdi  Qodirov.

Afsuski, Qodirov bu xizmat pullik yoki bepul bölişi va agar pullik bölsa, qança turişi haqida heç narsa ma'lum qilmagan. Biroq Qodirovning aytişiça, "mobil qullik"ni bekor qiliş böyiça ma'lumotlar tez orada taqdim etiladi. 

Joriy yilda Özbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 mln dan oşdi. Mamlakatning hududlarini mobil aloqa bilan keng qamrab oliş uçun 2017 yil apreligaça 18,3 ming mobil aloqa stansiyasi örnatildi. Yil davomida bu körsatkiç 20 mingdan oşiriladi.