Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi punktining bosh rejasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar nimalarni hisobga oladi?
Foto: Depositphotos
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining Davlat hokimiyati organlari tomonidan shahar va shahar posyolkalarining bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga ko‘ra, shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangandan so‘ng quyidagi shaharsozlik hujjatlarining bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga topshiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari;
aholi punktlarining bosh rejalari;
shahar va posyolka chizig‘i loyihalari;
aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalari;
qurish loyihalari.
Berilgan vakolatga muvofiq aholi punktlarining bosh rejalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu hujjatlarni amalga oshirilishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 10 kun muddatda o‘z qarorlarini qabul qiladilar. QFY HMRT loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ularni amalga oshirilishi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari 7 kun muddatda o‘z qarorlarini qabul qiladilar.
Ushbu qarorlar bilan:
a) aholi punktining bosh rejasini yoki QFY HMRT loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tuziladi;
b) Ishchi guruhning namunaviy tarkibi tasdiqlanadi;
v) Ishchi guruhning asosiy vazifalari belgilanadi;
g) aholi punktining bosh rejasini amalga oshirish masalasini Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida muhokamaga kiritish topshirig‘i beriladi (QFY HMRT loyihasini amalga oshirish masalasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida ”O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan Fuqarolar yig‘iniga kiritiladi);
d) ommaviy axborot vositalariga aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanganligi va uni amalga oshirish bo‘yicha tuman (shahar) hokimligi, tashkilotlar va fuqarolar oldida turgan vazifalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yoritish tavsiyalari beriladi;
ye) Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatning va aloqador tumanning (shaharning) boshqa tashkilotlari vakolatiga doir tegishli topshiriqlar beriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan keyingi 3 kun muddat ichida Ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi o‘tkaziladi va yig‘ilishning qarori
bilan viloyatning hamda tegishli tuman (shahar)ning tashkilotlariga aholi punktining bosh rejasini yoki QFY HMRT loyihasini amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq takliflarni kiritish to‘g‘risida topshiriqlar beriladi.
Aholi punktining bosh rejasini yoki QFY HMRT loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari qo‘yidagilarni hisobga oladi:
shahar va shahar posyolkasi chizig‘i loyihasini ishlab chiqilishini ta'minlash;
bosh rejada aholi punktining loyihaviy chegarasi ichidagi maydonlarini, toifalarini, foydalanuvchilarni va xususiyatlarini aniqlash hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich aholi punkti yerlari tarkibiga kiritish (tuman, shahar hokimligining zaxirasiga olish) va bosh rejaga muvofiq, batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish va shu asosida bino, inshootlarni joylashtirishni ta'minlash;
yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini takomillashtirish, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va magistral ko‘chalar, yo‘l o‘tkazgichlar va avtostansiyalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash;
energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishini hisobga olgan xolda suv ta'minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta'minoti va telekommunikatsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash;
mavjud shahar tashkil qiluvchi maydonlarni rekonstruksiya qilish
va yangilarini barpo etish, bog‘ va xiyobonlarni obodonlashtirish yo‘li bilan arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yaxshilash va me'moriy ansambllar yaratish ishlarini tashkil etish;
ta'lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, san'at, dam olish maskanlari va uy-joy obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash hisobiga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
aholi punktlari hududlarining muhandislik jihatidan tayyorlash,
chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholi punktlarining atrof muhitini muhofaza qilish tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholi punktlari hududlarini rivojlantirish tarmoq sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ta'mirlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
aholi fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish;
birinchi navbatda qurish massivlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish (agar ular bosh reja tarkibida ishlab chiqilmagan bo‘lsa);
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
17:45 / 13.09.2025
«Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Senatga yuborildi
23:16 / 25.08.2025