O‘zbekiston | 12:43 / 23.07.2020
46865
2 daqiqa o‘qiladi

Eslatma: Bakalavr va magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul bo‘yicha tartib

2020/21 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlari yaqinlashmoqda. Bunday paytda oliy ta'lim muassasasiga kirish yo‘lidagi har qanday yangilik yoki eslatma abituriyent uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. 

Shuni inobatga olgan holda, barcha abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq, OTMlarga qo‘shimcha qabul bo‘yicha tartib yana bir bor eslatib o‘tiladi.

Qaror bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

Oliy ta'lim muassasalari mavjud quvvati, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Bakalavriatga qo‘shimcha qabul bormi?

Bor. Faqat, to‘lov-kontrakt miqdori to‘plangan ballga ko‘ra tabaqalashtirilgan darajada («dopkontrakt», «superkontrakt») hisoblanadi. Masalan: bazaviy kontraktga nisbatan 1,5 baravar, 2 baravar, ...., 10 baravar va hokazo.  

Izoh: Ammo belgilangan ushbu tartib bo‘yicha OTMlar o‘qishga o‘zi istagan va duch kelgan kishini emas, to‘plagan balli bo‘yicha nisbatan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarni ketma-ketlikda qabul qilish kerak.

Magistraturaga qo‘shimcha qabul bormi?

Bor. To‘lovi - oddiy, bazaviy kontrakt miqdorida. 

Izoh: Magistratura bosqichiga qo‘shimcha qabul kontrakt to‘lovlarida oshirilgan miqdor bo‘lishi mumkin emas.

Mavzuga oid