Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 4 iyun kungi 460-sonli qarori bilan Yöl harakati qoidalarining 138-bandi (Kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi)ga oid talabi 2021 yil 1 yanvardan boşlab kuçga kirişi belgilab qöyildi.

Şu örinda haqli bir savol tuğiladi. Kunduzi çiroq yoqib yurişga oid qoida rasman kuçga kirgan kundan to 4 iyun (uşbu talab bekor bölgan kun)ga qadar kunduzi çiroq yoqib yurmagan haydovçilarga nisbatan rasmiylaştirilgan ma'muriy bayonnomalarning taqdiri nima böladi?

Uşbu savolga javob berişdan avval masalaning boşqa bir jihatiga e'tibor qaratamiz. Ya'ni, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi 292-sonli qarori bilan Yöl harakati qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, uning 138-bandi «Kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart» deya yangi tahrirda bayon etildi.

E'tibor beriş kerak bölgan jihati şundaki, Vazirlar Mahkamasining 4 iyun kuni qabul qilingan 460-sonli qarorida Yöl harakati qoidalarining uşbu bandi (138-band) özgartirilmadi yoki bekor qilinmadi. Faqat Içki işlar vazirligiga 1 oy muddat içida tegişli normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş kiritiş vazifasi yuklandi. Ya'ni yöl harakati qoidalarining kunning yoruğ vaqtida çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi haqidagi qoida hozirça öz kuçida turmoqda, hali bekor bölmadi.

Bunday vaziyatda huquqiy jihatdan qaysi biriga amal qiliş kerak? 9 apreldagi qarorgami yoki 4 iyundagi? Birida yoqib yur deyilgan, ikkinçisida 2021 yilgaça yoqmasa ham böladi deyilgan.

Bunday holatda «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonunning 16-moddasi bizga yordamga keladi. Unda aytiladiki, teng yuridik kuçga ega bölgan normativ-huquqiy hujjatlar örtasida tafovut bölgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Demak, garçi ikkita qaror bir-biriga zid bölsada, 4 iyundagi qaror yuridik kuçga ega böladi hamda çiroqlarni bemalol yoqmay yuriş mumkin (ayrim holatlardan taşqari).

Bevosita asosiy masalaga qaytadigan bölsak, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 9-moddasiga köra, ma'muriy huquqbuzarlik uçun javobgarlikni yengillaştiruvçi yoki bekor qiluvçi hujjatlar orqaga qaytiş kuçiga egadir, ya'ni uşbu hujjatlar çiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir.