4 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 460-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda boş vazir matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Unga köra, 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kunning yoruğ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvçi çiroqlar yoqilişi kerak:
- transport vositalari taşkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
- yölovçilarni taşiyotgan avtobus va yönalişli transport vositalarida;
- bolalar guruhini taşkiliy taşişda;
- xavfli, katta ölçamli va oğir vaznli yuklarni taşişda;
- mexanik transport vositalarini şatakka olişda (şatakka olib ketayotgan transport vositasida);
- mototsikl va mopedlarda.
Hujjatga köra, «faralar» böyiça qat'iy talab haydovçilarga emas, işlab çiqaruvçilarga qöyiladi.
Qarorda belgilanişiça, 2020 yil 1 yanvardan mamlakatda işlab çiqariladigan barça avtomototransport vositalari içki bozorga işlab çiqaruvçi tomonidan avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlangan holda çiqariladi.
Respublikaga çet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal çiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan ötkaziş uçun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi. Ya'ni, import avtomobillarning ham şunday avtomatik yonadigan çiroqlari bölmasa, mamlakat içkarisiga olib kirilişiga ruxsat berilmaydi.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi «Özstandart» agentligi, «Özavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda muomalaga çiqarilayotgan ğildirakli transport vositalarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglamentni mazkur qaror talablaridan kelib çiqib takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda bir oy muddatda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga kunning yoruğ vaqtida avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanmaganligi uçun javobgarlikni yengillaştirişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş böyiça takliflar işlab çiqadi.


















