Jahon | 13:08 / 28.03.2019
32882
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ish haqi eng yuqori bo‘lgan sohalar ma'lum qilindi

Foto: Pavel Lisitsyn / RIA Novosti

Rosstat 2019 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ish haqiga ega faoliyat sohalarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RT idora ma'lumotlariga tayangan holda.

Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi eng yuqori, bu yo‘nalishda u 79,4 ming rublga teng. Keyingi o‘rindan moliya va sug‘urta faoliyati (77,3 ming rubl) joy olgan. Uchinchi pog‘onada - axborot va aloqa sohasidagi ish (66,2 ming rubl).

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni mos ravishda professional, ilmiy, texnikaviy faoliyat (61,2 ming rubl) hamda tashuvlar va saqlash sohasi (46,9 ming rubl) egalladi.

Yil boshida mehmonxona va umumiy ovqatlanish xodimlari (27,2 ming rubl), qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanadigan ishchilar (27,3 ming rubl) eng kam pul ishlab topdi.

Rossiyada o‘rtacha ish haqi 2019 yil yanvar oyida 42,2 ming rublni tashkil qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘p, o‘shanda ko‘rsatkich 39 ming rublga yetgandi.

Bundan oldin, Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi uydirma ekani ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid