Rosstat Rossiyada sanoatning ösiş sur'atlari deyarli ikki yillik rekord darajaga yetgani haqida xabar berdi - uning ma'lumotlariga köra, sanoat korxonalari işlab çiqarişi 2019 yil yanvar oyidagi 1 foizdan fevral oyidagi 4,1 foizgaça tezlaşgan. Rosstat hisob-kitoblari iqtisodçilarni hayratga soldi, sababi ötgan uç oy içida iqtisodiyotda sanoat işlab çiqariş sur'atining pasayişi kuzatilgandi, deb yozmoqda «Kommersant'» gazetasi.

Naşrning aniqlik kiritişiça, Rosstat ma'lumotlari ham iqtisodçilar kutilmalari, ham statistik idoraning öz sörovlariga mos kelmaydi. Tahlilçilar ta'kidlaşiça, agar mavsumiy va taqvimiy ta'sirlar hisobga olinsa, unda yil boşidan buyon sanoat işlab çiqarişida ösiş sur'ati umuman kuzatilmagan.

Oliy iqtisodiyot maktabi (OIM) «xom» statistika asosida öz hisob-kitoblarini amalga oşirib, mavsumiy omillarni hisobga oldi va 2019 yil fevral oyida Rossiya iqtisodiyotida sanoat işlab çiqarişi böyiça ösiş sur'atlari bölmaganini aniqladi. OIMdan aniqlik kiritilişiça, 2019 yil fevralida 2018 yil fevral oyiga nisbatan bir iş kuniga köp bölgan - şuning uçun işlab çiqarişning ösişi göyoki kuzatilgan. Şu bilan birga, OIMdan qayd etişlariça, agar hisob-kitoblarda mavsumiy ta'sir va taqvim inobatga oladigan bölsa, unda sanoat işlab çiqarişi ikki oyda ösgani emas, balki jiddiy ravişda pasaygani ma'lum böladi.

Rosstat notöğri hisob-kitoblar uçun bir neça bor tanqid qilingan. Xususan, 2018 yil yakunlariga köra, idora Rossiyada quriliş sanoati ösişi 5,3 foiz bölgani haqida ma'lum qilgan, biroq noyabr oyi boşida yillik ösiş sur'ati atigi 0,5 foizga baholangan. Uşbu yuqori körsatkiçlar keyinçalik Iqtisodiy rivojlaniş vazirligiga yil yakunlari böyiça YaIM ösişini, taxmin qilinganidek, 1,8 foiz emas, balki 2 foizga baholaş imkonini berdi. Tahlilçilar bu raqamlarni tanqid qilib, ularni öylab topilgan, deb ataşdi. Rosstat metodologiyasini mamlakat boş vaziri birinçi örinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov ham tanqid ostiga olib, agentlik hisob-kitoblari sifati «dahşatli», usul esa «şaffof emasligi»ni ta'kidlagan.

Rosstat 2017 yildan buyon Maksim Oreşkin boşçiligidagi Iqtisodiy rivojlaniş vazirligiga böysunadi. Aleksandr Surinov 2009 yildan 2018 yilgaça idoraga rahbar bölgan. 2018 yil dekabrida u iste'foga çiqdi, uning örnini Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi sobiq amaldori Pavel Malkov egalladi.