«YeOIIga kirish boshqa mintaqalar bilan savdo yuritishni murakkablashtiradi» - XVJ vakili

Yuxa Kyaxkonen (arxiv foto)
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan taqdirda ham, dunyoning barcha mamlakatlari bilan savdo uchun ochiq bo‘lib qolishi kerak, deb hisoblaydi Xalqaro Valuta Jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori o‘rinbosari Yuxa Kyaxkonen.
XVJ vakili 12 noyabr kuni Toshkent Moliya institutida o‘tkazilgan «Kavkaz va Markaziy Osiyo: mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari» hisoboti taqdimotidan keyin berilgan savolga javoban ana shunday fikr bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Har qanday tashkilotda bo‘lgani kabi uning ham o‘z ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Istiqboldagi afzalliklar haqida gapiriladigan bo‘lsa, ulardan ko‘pchiligi iqtisodiy muhitning yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Xususan, mehnat mobilligi ortadi. Bu Rossiyada ishlashni istaydigan O‘zbekistondan borgan ishchilar uchun juda muhim omil sanaladi.
Fakt shuki, mazkur ittifoq doirasida mamlakatlar o‘rtasida bojxona tariflari qo‘llanmaydi. Bu – mintaqaning o‘zida ularning bir-birlari bilan savdo qilishida turtki bo‘luvchi omilga aylanadi.
Boshqa tomondan, dunyoning boshqa davlatlari bilan savdo qilish uchun YeOIIning o‘z tariflari bo‘ladi. Bu esa boshqa mintaqalar bilan savdo yuritishni murakkablashtiradi. Agar Rossiyadagi o‘sish hisobga olinadigan bo‘lsa, uning yuqori emasligidan kelib chiqib, global tariflarning mavjudligi fakti ayniqsa yaqin muddatli istiqbolda ko‘proq salbiy hisoblanadi.
Shuning uchun agar O‘zbekiston YeOIIga kirishga qaror qilsa, o‘zining barcha savdo chegaralari ochiqligini saqlashi, ya'ni savdo operatsiyalaridan maksimal foyda olish uchun dunyoning barcha mintaqa va mamlakatlari bilan savdo qilishga ochiq bo‘lib qolishi juda muhim», – dedi Yuxa Kyaxkonen.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida O‘zbekiston rasmiylari YeOIIga qo‘shilish masalasini uch yildan buyon ko‘rib chiqayotgani ma'lum bo‘lgan edi.
Mamlakatni 2030 yilgacha kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-2021 yillar oralig‘ida YeOII a'zolari bilan erkin savdo kelishuvini imzolashi, 2022-2025 yillarda esa YeOIIga a'zo bo‘lib kirish bo‘yicha izchil tadqiqotlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Rossiyadan boshqa a'zo davlatlarning savdo balansi manfiy — YeOII haqida faktlar so‘zlaganda
YeOIIga a'zo bo‘lish migrantlar hayotini yengillashtirishi haqida bong urilmoqda. Aslida-chi?
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi «yangi Yevropa ittifoqi» bo‘la oladimi?
O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi kerakmi? — mutaxassis fikri
Siyosatshunos: O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishidagi 5 salbiy nuqta
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
-
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor
Jahon | 22:56 / 14.03.2025
Mavzuga oid

10:56 / 26.01.2025
“Davlatlar bo‘ynidagi qarz xavotirli darajaga yetdi” – Davos forumida muhokama

20:38 / 23.01.2025
Rivojlanayotgan bozorlar bu safargi global inqirozdan ancha yaxshi o‘tgani aytildi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

07:09 / 14.12.2024