Özbekistonda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, 18-19 yoşli ösmir qizlarning 37 foizi erkak kişi ayolini gap qaytargani, ovqat tagiga olib ketgani, köçaga söroqsiz çiqqani uçun kaltaklaşini normal holat deb biladi. Bu haqda BMT Bolalar jamğarmasi (UNICEF)ning Özbekistondagi vakolatxonasi yurituvidagi Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

“Stereotiplar qizlarni oilaviy zöravonlik va şafqatsiz munosabat qurboniga aylantiradi.

Özbekistonda yaqinda ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, 18-19 yoşli ösmir qizlarning 37 foizi erkak kişi ayolini gap qaytargani, ovqat tagiga olib ketgani, köçaga söroqsiz çiqqani uçun kaltaklaşini normal holat deb biladi.

UNICEFʼning asosiy maqsadlaridan biri bunday zararli amaliyotlarga barham beriş hamda qizlarning imkoniyatlarini kengaytirişdir”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, 2023 yilning 11 yanvar kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi. 24 yanvar kuni Oliy Majlis Senatida senatorlar, bolalar ombudsmani vakili, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, UNICEF xalqaro taşkiloti va NTT vakillari, faollar iştirokida uşbu qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyihani işlab çiqişda iştirok etgan Nemolchi.uz loyihasi vakillarining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Adliya vazirligi qonun loyihasini qisqartirilgan, ekspertlar tomonidan xalqaro normalar asosida işlab çiqilgan muhim moddalarini olib taşlagan yoki tahrir qilgan holda muhokamaga qöygan. Xususan, jamiyatda avj olayotgan, köplab ayollarning ölimiga, bolalarning zöravonlikka uçraşiga sabab bölayotgan oilaviy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik masalasi uşbu loyihada ham oçiq qoldirilgan.

Bu esa loyihani işlab çiqişda qatnaşgan faollarning noroziligiga sabab bölmoqda.