2023 yilning 11 yanvar kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi. 24 yanvar kuni Oliy majlis Senatida senatorlar, bolalar ombudsmani vakili, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, “YUNISEF” xalqaro taşkiloti va NTT vakillari, faollar iştirokida uşbu qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyihani işlab çiqişda iştirok etgan Nemolchi.uz loyihasi vakillarining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Adliya vazirligi qonun loyihasini qisqartirilgan, ekspertlar tomonidan xalqaro normalar asosida işlab çiqilgan muhim moddalarini olib taşlagan yoki tahrir qilgan holda muhokamaga qöygan. Xususan, jamiyatda avj olayotgan, köplab ayollarning ölimiga, bolalarning zöravonlikka uçraşiga sabab bölayotgan oilaviy zöravonlik uçun jinoiy javobgarlik masalasi uşbu loyihada ham oçiq qoldirilgan.

Adliya vazirligi oiladagi zöravonlikni kriminallaştirişga qarşimi?

Bunga dalil sifatida Nemolchi.uz vakillari şunday deydi:

“Biz iştirok etgan Senat qoşidagi işçi guruh quyidagi variantda:

126-1-modda. Oilada zöravonlik:

Bir oila a’zosi tomonidan boşqa oila a’zosiga nisbatan qasddan sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik, u quyidagilarda namoyon bölganda:

a) kaltaklaş yoki badanga yengil şikast yetkazişga sabab bölgan boşqa zöravonlik harakatlarini sodir etiş;

b) tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçiga öz xohiş-irodasini singdiriş yoki uning ustidan nazoratni oliş maqsadida uni izolyatsiya qiliş, qörqitiş;

v) iqtisodiy vositalardan mahrum qiliş natijasida iqtisodiy vositalardan, şu jumladan yaşaş uçun mablağdan mahrum qiliş, kamsitiş, tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçining soğliğiga unça oğir bölmagan zarar yetkaziş, bir yuz ellik soatdan bir yuz sakson soatgaça majburiy jamoat işlari yoki uç yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) ikki yoki undan ortiq oila a’zolariga nisbatan;