Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram izohlarni tahrirlash imkonini yo‘lga qo‘yadi
Google image
Instagram fotoservisi foydalanuvchilar uchun suratlar tagidagi izohlarni yopib qo‘yish imkonini taqdim etadi. Yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kutilayotgan yangi optsiya haqida Washington Post ma'lum qildi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, akkaunt egalari muayyan bir fotosurat yoki video ostidagi izohlarga mustaqil ravishda cheklovlar belgilashi – yomon so‘zlar yoki yoqimsiz foydalanuvchilar uchun izohlarni bloklashi yoki ularni saralashi mumkin bo‘ladi. Yangi optsiya foydalanuvchilarga trollar bilan kurashishda yordam berishga qaratilgan.
Izohlarni saralash yoki bloklash dastlab kino va musiqa yulduzlari, shuningdek ko‘p sonli folloverlarga ega foydalanuvchilar tomonidan sinab ko‘riladi. Instagram avval biznes-akkauntlar uchun bunday funksiyani ishga tushirgan.
Mavzuga oid
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
15:21 / 13.03.2026
Rossiya hududlariga Telegram bloklanishiga tayyorgarlik ko‘rish buyurildi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026