Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyatining içki siyosat bölimi mamlakat hududlaridagi içki siyosat böyiça vitse-gubernatorlar va siyosiy texnologlarni Telegram messenjeri ehtimoliy bloklanişiga tayyorgarlik köriş zarurligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda 12 mart, payşanba kuni “Verstka” naşri prezident ma’muriyatidagi öz manbalariga tayanib yozdi.

Ularning sözlariga köra, joriy yil sentabriga belgilangan Davlat dumasiga “murakkab” saylovlar yilida Telegram’ni bloklaşni “heç kim istamagan”. Mansabdorlar aytişiça, Pavel Durov messenjeridagi taşviqot işlari “yölga qöyilgan, tuşunarli va qulay”, ammo bunday qarorlarni Rossiya Xavfsizlik kengaşi qabul qiladi va boşqa davlat organlariga uning qarorlari belgilab bergan “doirada işlaş”gina qoladi. Bu şaroitda hududiy amaldorlarga aholi örtasidagi siyosiy taşviqotni “VKontakte” va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari, “Yandeks” servislari hamda “milliy” Max messenjeriga köçiriş tavsiya etilgan.

“Verstka” yozişiça, Duma saylovi kampaniyasi davomida Kreml “MHOni qöllab-quvvatlaş” mavzusidan foydalanmoqçi. Rossiyada Ukrainaga qarşi uruş rasman şunday ataladi. Şuningdek, Rossiyani göyoki “qamaldagi qal’a” sifatida körsatiş mavzusi ham işlatiladi.

Bundan oldin RBK agentligi Rossiyada Telegram’ni aprel boşida töliq bloklaş haqida qat’iy qaror qabul qilinganini yozgan edi. Şu bilan birga, maşhur messenjer frontda işlaşda davom etadi — ma’lumki, Rossiya harbiylari undan aloqa vositasi sifatida foydalanadi. Bloklaş sababi sifatida voyaga yetmaganlarni “qonunga xilof harakatlar sodir etişga yollaş” holatlari keltirilmoqda.

Fevral oyi oxirida Telegram asosçisi va egasi Pavel Durov Rossiyada unga nisbatan “terrorizmga kömaklaşiş” haqidagi jinoiy modda böyiça iş qözğatilganini aytdi. Durov öz kanalida Rossiya hukumati “har kuni rossiyaliklarning messenjerga kirişini çeklaş uçun yangi bahonalar öylab topayotgani”ni yozdi. U buni “öz fuqarolaridan qörqadigan davlatning ayançli manzarasi” deb atadi.

Rossiyaning bir neçta şahrida mahalliy faollar Telegram bloklanişiga qarşi mitinglar ötkazişga urindi, ammo hokimiyat turli bahonalar bilan bunga yöl qöymadi. Masalan, Novosibirskda aksiya oldidan amaldorlar daraxtlarni tekşiriş bahonasi bilan maxsus ajratilgan yiğiliş hududini yopib qöydi, politsiya esa 15 kişini qölga oldi. Petropavlovsk-Kamçatskda şahar hokimligi şunday miting taşkilotçilariga ruxsat berişdan boş tortdi, bunga ular göyoki notöğri töxtaşlarga sabab bölişi va “feyk”lar tarqatişi mumkinligini vaj qilib körsatdi.