Jahon | 18:30 / 16.07.2021
5314
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenkoning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Vitebskdagi «Slavyanskiy bazar» festivalida Lukashenkoning tobi qochgani va u zudlik bilan Minskka jo‘nab ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Belarus prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenkoning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi. Bu haqda NEWS.ru portali xabar bermoqda.

«Aleksandr Grigorevichning salomatligi joyida ekanligini bilish uchun uning matbuot kotibiga qo‘ng‘iroq qilish shart emas. Kecha u Rossiya, Ukrainadan kelgan mehmonlar va tomoshabinlar to‘la zalda «Slavyanskiy bazar»ning ochilishini tomosha qildi, so‘ngra Minskka jo‘nab ketdi», — dedi u.

Eysmontning ta'kidlashicha, bunday xabarlarga e'tibor berishning hojati yo‘q.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Vitebskdagi «Slavyanskiy bazar» festivalida Lukashenkoning tobi qochgani va u zudlik bilan Minskka jo‘nab ketgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid