O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab mamlakatda ilmiy daraja va unvonlar berish tizimi ikki marta (2012 va 2017 yillarda) keskin o‘zgarishlarga yuz tutganidan ko‘pchilikning xabari bor. Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatining asosiy qismi mana shu tizim bilan bog‘liq bo‘lgani uchun uning samarali faoliyatiga ko‘p narsa bog‘liq.
2016 yilning sentyabriga qadar ommaviy axborot vositalari ma'lum bosimlar ostida faoliyat yuritgani bois, ko‘p mavzular qatori bu mavzuda ham tanqidiy chiqishlar bo‘lmadi. 2012 yilda joriy etilgan bir pog‘onali ilmiy daraja tizimidan aksariyat soha odamlari norozi bo‘lgani sir emas. Lekin OAVda ochiq chiqishlar kuzatilmadi. Bu tizim haqidagi dastlabki ochiq chiqish falsafa fanlari doktori, professor Mamashokirov Saidmurod tomonidan bo‘ldi. Bu maqolada professor amaldagi tizim muammolarini birma-bir sanab o‘tadi. Xususan, dissertatsiya ishlari mavzusining tanlash, tahrir qilish va e'lon qilishdan boshlab, OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallar ro‘yxati irratsional ekanligi, ilmiy natijalarni joriy qilish borasidagi rasmiyatchilik haqida to‘xtalib, yakuniy taklif sifatida o‘sha paytdagi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi (keyinchalik bu qo‘mita hozirgi innovatsiya vazirligi tarkibiga kiritildi) va OAKni qo‘shib yuborish haqida taklif bergan.
Shu maqolaga aks-sado sifatida e'lon qilingan keyingi maqolada muallif OAKning oldingi maqolada tilga olingan kamchiliklariga atroflicha to‘xtalib, bu ishlarda bevosita OAK raisini aybdor qilib ko‘rsatadi. Muallif maqola so‘ngida OAK tugatilib, uning vakolatlari OTM va ITIlarida tashkil etiladigan ilmiy kengashlarga berilishini taklif qiladi.
Bu orada OAK ikki tabaqali ilmiy daraja berish tizimiga oid Prezident farmoni va VM qarorini chiqartirib, qog‘ozbozlikni, dissertantlarga to‘siqni kamaytirgandek taassurot qoldiruvchi ishlarni








