Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 oydan so‘ng: Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka qishlog‘idagi yangidan qurilgan poliklinikada bo‘ldi
2025 yil 18 dekabr kungi tashrifda deyarli tashlandiq holatda bo‘lgan «Navoiy» oilaviy poliklinikasi oradan 4 oy o‘tib butunlay yangi qiyofa kasb etgan. Yangidan qurilgan binoda qo‘shimcha o‘quv kurslarida malaka oshirib qaytgan tibbiyot xodimlari yaxshilangan sharoitlarda mehnat qilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga safari davomida Urgut tumanida ham bo‘lib, fermerlar oilasi – Haydarovlar xonadonida mehmon bo‘ldi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva prezident topshirig‘iga ko‘ra tubdan qayta qurilgan “Navoiy” oilaviy poliklinikasiga ham bordi.

«Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat ko‘rsatayotgan tug‘ruq bo‘limi eng zamonaviy talablarga javob beradi. Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga keldi. Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim.
Ona-bolaga mustahkam sog‘lik tilaymiz. Yangi mehmonning tolei baland bo‘lsin!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, Urgutda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha chora – tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, yil yakuniga qadar 23 ta obektni rekonstruksiya qilish va 770 nafar mutaxassisni qayta tayyorlash rejalashtirilgan. Bu aholi uchun tibbiy xizmatlarning qulayligi va sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, mazkur muassasa 13 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Poliklinika zarur uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda 4 nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Bu yerda sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 18 dekabr kuni Saida Mirziyoyeva mazkur «Navoiy» poliklinikasida bo‘lib, muassasa binosi kapital ta’mirga, yangi standartlar joriy etish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga muhtoj ekanini aytgandi.

O‘shanba Saida Mirziyoyeva sog‘liqni saqlashdagi muammolarni faqat hisobot va hujjatlar asosida baholab bo‘lmasligini, bunday holatlar real vaziyatni joyida ko‘rish muhimligini yana bir bor tasdiqlashini bildirgandi.
Mavzuga oid
11:56 / 25.04.2026
Saida Mirziyoyeva: “Haqqoniy holatni hisobotlarda emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman”
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026