17:20 / 26.09.2019
0
70134

Prezident administratsiyasi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. 

U endi Zaynilobiddin Nizomiddinovga OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlik qiladi.

Foto: «ProToday.uz»

Muqaddam O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018 yilning sentyabrida Ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat, san'at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati bo‘yicha Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Farhod Mahmudov 1973 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1996 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jurnalist. 2008 yil «Mehnat shuhrati» ordeni, 2018 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

Farhod Mahmudov 1995 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top