Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim yoshlar yetakchilari yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi g‘oliblari yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi.
Foto: Kun.uz
Hukumat qarori bilan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tanlov 10 ta yo‘nalishda mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovning, jumladan, “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida ichki ishlar organlari tomonidan yoshlar jinoyatchiligini o‘tgan davrdagiga nisbatan joriy yilda kamaygan deb topilgan mahalla yetakchilari qatnashadi.
Har yili 5 sentabrgacha Yoshlar ishlari agentligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish har yili 5–30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning: tuman (shahar) bosqichi – oktyabr oyida, hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida, respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi: yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish, rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.
G‘oliblar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
10:04 / 04.02.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?
10:12 / 31.01.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi
15:03 / 10.01.2025