Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Freepik
Hujjat bilan 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilandi:
oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi maxsus elektron platformada to‘plangan ma’lumotlar hamda mehnat bozoridagi talab tahlili asosida aniqlanadi;
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4 yillik davrga shakllantiriladi va har yili mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan tendensiyalar, mintaqalar ijtimoiy muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda platformaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda buyurtmani yuqori organlarga taqdim etish tartibi;
- ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash usullari;
- iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Platformada quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi:
- iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band bo‘lganlar soni;
- davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin faoliyat turlari bo‘yicha rasmiy ishga joylashishi;
- mehnat resurslari balansi, mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajalari;
- respublika hududida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xorijiy oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari bitiruvchilari soni;
- bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun professor-o‘qituvchilar tarkibi va moddiy-texnik baza bo‘yicha mavjud resurslar hajmi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

10:12 / 31.01.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi

15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

15:03 / 10.01.2025
"Top-500"ga kiradigan universitetlar bilan birga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

11:31 / 28.11.2024