2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.

Unga köra, top-500ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qöşma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş közda tutilgan.

Davlat oliy ta’lim taşkilotlarining top-500ga kiradigan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari bilan hamkorlikda taşkil etiladigan qöşma ta’lim dasturlari ekspertizadan ötkaziladi.

Ekspertiza natijasiga köra ijobiy xulosaga ega qöşma ta’lim dasturlari qabul kvotalari kelişib beriladi.

Bundan taşqari, yoşlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oşiriş rejalaştirilmoqda.

Oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan mehnat bozorining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bölgan talabi örganiladi.

Mazkur ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika bazasi, professor-öqituvçilar tarkibi va öquv-metodik ta’minotdan kelib çiqib, keyingi öquv yili uçun oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan öz qabul parametrlari böyiça takliflarni şakllantiriş nazarda tutilgan.

Oliy ta’lim taşkilotlarining qabul parametrlariga takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim taşkilotlarining qabul parametrlari böyiça takliflarni tahlil qiliş, umumlaştiriş hamda ularni Özbekiston Respublikasi ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga kiritiş möljallangan.