Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputati faoliyati kafolati kuçaytiriladi.

Deputatlik faoliyatida boşqalarga örnak bölgan xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşining faol deputatlarini tegişli siyosiy partiya rahbarining taqdimnomasiga asosan milliy kadrlar zaxirasiga kiritiş amaliyoti yölga qöyiladi.

Mahalliy budjetni şakllantiriş jarayoniga mahalliy kengaş deputatlarini faol jalb etiş orqali aholining turmuş farovonligi oşiriladi, deputatlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş tizimi yaratiladi.

Budjet loyihasini şakllantirişda hududlar toifasidan kelib çiqib, budjet xarajatlarining uç – beş foizi bevosita mahalliy kengaş deputatlarining taşabbusi asosida yönaltirilişi amaliyoti yölga qöyiladi. Bunda, Senat bilan hamkorlikda “Saylovçi – deputat – hokim – kengaş” tört böğinli özaro hamkorlik tizimi joriy etilişi nazarda tutiladi.