“Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan davlat buyurtmasi maxsus elektron platforma orqali şakllantiriladi.

2025-2026 öquv yilidan:

🔹oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi platformada jamlangan ma’lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qiliş asosida aniqlanadi;
🔹kadrlarga bölgan ehtiyoj 4 yillik davrga işlab çiqilib, har yili mehnat bozorining özgariş tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlaşni inobatga olgan holda, platformaga tegişli tuzatişlar kiritib boriladi.

Platformaga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi, jumladan:

▪️iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bölgan aholi soni;
▪️davlat va nodavlat OTM bitiruvçilarining öqişni tamomlagandan söng rasman bandligi töğrisidagi ma’lumotlar;
▪️mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud böş iş örinlari, iqtisodiy faoliyat turlari böyiça bandlik darajasi haqida;
▪️"Oliy ta’lim jarayonlarini boşqariş (NEMIS)" axborot tizimida mavjud bitiruvçilar va OTM töğrisida.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

🔸davlat buyurtmasini şakllantirişda ma’lumotlarni jamlaş, qayta işlaş va buyurtmani yuqori turuvçi organlarga taqdim etiş;
🔸iş beruvçilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojini aniqlaş tartibi;
🔸iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib boriş maqsadida davlat buyurtmasini şakllantirişda ustuvorlik beriladigan yönalişlarni aniqlaş.

2025 yildan 4 yillik davr uçun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma’lumotli kadrlarga bölgan talab prognoziga muvofiq ravişda tasdiqlaş uçun ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga har yili 1 mayga qadar kiritiş ta’minlanadi.