Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik Jorj Bush Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini xato deb atadi
Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonga 2001 yil 11 sentyabrda kiritilgandi. O‘shanda aynan kichik Jorj Bush AQSh prezidenti edi.
AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini tanqid qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
"Buning oqibatlari juda yomon bo‘ladi deb o‘ylayman", - dedi u telekanalga bergan intervyusida.
"Afg‘on ayollari va qizlariga tasvirlab bo‘lmaydigan darajada zarar yetkaziladi. Tarjimonlar va NATO kuchlariga yordam bergan boshqa odamlar haqida o‘ylayapman. Ular o‘lim changaliga tashlanadi. Bu yuragimni ezmoqda", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Iyulda AQSh prezidenti Jo Bayden avgust oxiriga qadar Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish jarayoni yakuniga yetishini aytgandi. Qo‘shinlarni dastlab 11 sentyabrgacha olib chiqib ketish rejalashtirilgandi.
Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonga 2001 yil 11 sentyabrda kiritilgandi. O‘shanda aynan kichik Jorj Bush AQSh prezidenti edi.
Mavzuga oid
16:12
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
14:16
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
13:50
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33