Tuşdan qaytiş. Uç xil intervyu orasidagi «Andijon voqeasi»
|21:20 / 01.06.2019146 13624 min
28 may kuni internetda andijonlik 35 yoşli tikuvçi ayol Xurşida Tillayevaning videomurojaati e'lon qilingaç, bu mavzu haftaning asosiy voqeasiga aylandi. Ayol öz murojaatida aytişiça, unga mutasaddilar 16 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga taşrifi vaqtida «Özbekiston 24» telekanali kamerasi qarşisida yangi uyli bölgani haqida gapirişni tayinlaşgan, u xursandçilik bilan bergan intervyu efirga uzatilgan. Ammo ayolga uy berilmagan. Şuningdek, davlat rahbariga «uy berilgan» deya körsatilgan boşqa ayollardan, Xurşida Tillayevaning hamkasblaridan ham uylar qaytarib olingan.
Sönggi kunlar davomida turli naşrlar bu mavzuni turli rakurslardan yoritişdi va yoritişda davom etişmoqda. Kun.uz muxbirlari ham suriştiruv ötkazib, Andijondagi vaziyat tafsilotlarini örgandi.
Intervyu tarixi
Xurşida Tillayeva Puşkin köçasidagi eski uyda ikki farzandi, singlisi va uning farzandi bilan
Xurşida Tillayeva «Özbekiston 24» telekanali uçun bergan intervyusida Andijon şahri bilan çegaradoş bölgan Xöjaobod tumanidagi Xidirşa massivida bunyod etilgan şaharçadagi şart-şaroitlar, özi ham ikki farzandi bilan kottejlardan biriga köçib ötgani haqida quvonib sözlagandi. Sönggi vaqtlarda Andijon şahri markazidagi «Mustaqillik» MFY, Puşkin köçasi umumiy hovlidagi onasining uyida istiqomat qilib kelayotgan bu ayol butun Özbekistonga prezident tomonidan uy sovğa qilingan baxtiyor ayol sifatida körsatildi.
16 may kuni «Özbekiston 24» telekanali efirida ketgan lavhada Xurşida Tillayeva uy egasi sifatida körsatildi.
Endi esa unga aslida kottej emas, özining iş haqi hisobidan köp qavatli uydan ikki xonali kvartira berilişi ma'lum qilinmoqda. Uning onasiga esa mahalla «Obod mahalla» dasturi doirasida buzilişi tufayli şahar taşqarisidan – Xidirşa massividan kottej berilgan.
Tikuvçilik sexi
Xurşida Tillayeva 2018 yilning sentyabrida taşkil etilgan «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi» MÇJ tikuvçilik korxonasida işlaydi. Bu tikuvçilik sexi Andijon şahridagi buzilayotgan mahallalarda heç qanday kadastr hujjatlarisiz yaşab kelayotgan, öşa hududdagi uylarda ijara asosida uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelayotgan yoki bir xonadonda siqilib yaşayotgan bir neça oila vakillari bölgan ayollarni iş bilan ta'minlaş maqsadida taşkil etilgan. Mazkur loyiha uysiz, işsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga uyga pul yiğiş imkoniyatini yaratiş uçun yölga qöyilgan.
Mavzuga oid
Xurşida Tillayeva turmuşi buzilganidan söng ikki bolasi bilan onasining oldiga kelib, «Mustaqillik» MFY, Puşkin köçasidagi umumiy hovlida yaşay boşlagan. Bu xonadonda uning onasi Halima Tillayeva, nogironligi bor ukasi Oyatillo va singlisi Irodaxon bir farzandi bilan istiqomat qilib kelgan. Ya'ni, bir xonadonda uç oila. Onasining uy-joy uçun barça hujjatlari mavjudligi sababli unga Xidirşa massividan kottej binosi ajratiladi. Singlisi onasiga ukasiga qaraşda yordamçi sifatida oila bilan qoladigan böladi - Xurşidaning oilasi uçun esa alohida boşpana zarur edi. Yolğiz ona şuning uçun tikuv korxonasiga işga kirgan.
Bu masala internetda kötarilgaç avvaliga dastlabki versiya sifatida «Xurşida Tillayeva hokimlik köp qavatli uydan kvartira berganiga qanoat qilmasdan kottej istayotgani» aytildi. Bu versiya murojaatçining öz sözlariga asoslangandi.
Xurşida Tillayevaning uçinçi intervyusi
Xurşida Tillayeva onasi Halima Tillayeva bilan Xidirşa massividagi kottejda
30 may, «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasi
Xurşida Tillayeva muxbirning savollariga tuşkun holatda javob berdi.
«Özbekiston 24» telekanaliga kottej egasi sifatida intervyu bergandim. Bolalarim bilan keng kottejda yaşagim bor. Agar, ijtimoiy tarmoqlarda çiqiş qilsam, menga ham kottej berişadi, deb öyladim. Xidirşa massivida qurilayotgan köpqavatli uyga işxonam tomonidan boşlanğiç tölov tölangani va kvartiramiz sentabr oylarida bitişidan xabarim bor», deydi u ğamgin holatda.
Halima opa Tillayeva qöşimça qiladi: «Qizim bilan munosabatlarimiz yaxşi. Ikkita farzandi bor. Alohida yaşaşni orzu qiladi. Kottej berilişiga işonib qolgan ekan».
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Uning «Özbekiston 24» uçun bergan birinçi va telefon kamerasiga qarata bergan ikkinçi intervyusini ham eslaymiz.
«Neça yilda uy qilarkanman deb öyimga yetolmasdim. Hozir esa tuşga tuşib qolgandekman, bu möjiza böldi-da. Uy judayam çiroyli, ayol kişiga kerak bölgan, ayol kişi orzu qilgan barça narsalar bor. Judayam xursandman, men vatanli böldim. Prezidentimizga mingdan-ming rahmat. Dadam ötib ketgandi, lekin biz haqimizda qayğuradigan mehribon otamiz bor ekan. Bir umr duo qilib ötamiz», degandi u birinçi intervyusida.
«Men Tillayeva Xurşida, Andijon şahar, Puşkin köçasi, 49-umumiy hovlida ikki nafar farzandim bilan yaşayman. 2018 yil 22 sentyabrida oçilgan «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi»da işlab kelaman. Fabrikada işlayotgan ayollar orasidan şaroiti öta oğir, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tanlab, 27 mart kuni Boğişamoldagi kottejlarga olib borişdi. Bizga şu uylar sizlarniki deyişdi. Prezidentimiz kelgan kuni ham 24-kanal («Özbekiston 24» telekanali) muxbirlariga xursand bölganimdan «şu uyga köçib ötdim» deb aytdim. Lekin bizga «köçib ötyapmiz» deb aytinglar deyişgandi. Hozir esa bu kottejlarni bizga berişmadi, uylarning boşqa egalari borligini aytişyapti. Sentabr oyidagi kvartiralardan beriladi deyişmoqda. Menga şu kottejlarni körsatişganida juda xursand bölgandim. Menam yoruğ kunlarga çiqarkanman, menam yoruğ kunlarni körarkanman deb öylagandim.
Endi şu bilan kattalarni ayblamoqçi emasman. Lekin vaziyatga aniqlik kiritilişini söramoqçiman».
Bu esa Tillayeva közböyamaçilik qurboni bölganini bilganidan keyin bergan ikkinçi intervyusi.
Öz videomurojaati internetda şov-şuv bölib ketgaç, Xurşida Tillayevaning tinçi buzilgan – uning uyidan muxbirlar va mutasaddilarning oyoği arimay qolgan. U endi muxbirlarga berayotgan intervyularida butunlay boşqaça – videomurojaatidagi gaplariga teskari gapirmoqda va vaziyatni çigallaştirmoqda. U nega avvalgi gaplarini qaytarib olayotgani kattagina savol ostida.
Xurşidaning hamkasblari bergan ma'lumotlar
Ma'lum bölişiça, Xurşida Tillayeva va u işlaydigan tikuvçilik sexining yana 9 xodimiga kottejlar berilişi va'da qilingan, ammo yakunda 10 kişidan faqat bir kişi – Dilfuza Hojimatova kottejli bölgan. Unga berilgan uyga Prezident Şavkat Mirziyoyev, viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov hamda viloyat hokimi örinbosari, viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Pazliddinovna Yunusova taşrif buyurgan.
Prezident, viloyat hokimi va uning örinbosari Dilfuza Hojimatovaga berilgan uyda.
16 may, «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasi
Tillayeva bilan tikuvçilik sexida birga işlaydigan hamkasblarining sözlariga köra, u «Özbekiston 24» telekanali uçun intervyu bergan kuni öziga alohida kottej berilişiga işongan. Çunki, u va yana 9 işçiga Andijon şahar hokimligi tomonidan kottej berilişi aytilgan edi.
Natijada televideniye kamerasiga quvonç bilan çiroyli gaplarni sözlagan ayol bir hafta ötib, telefon kamerasiga butunlay boşqaça intervyu beradi.
Tsexdagi tikuvçilardan biri Jamilaxon Irisova vaziyatga oydinlik kiritadigan sözlarni ma'lum qildi.
«Bizning korxonada 63 nafar ayol işlaydi. Şulardan 48 nafari aynan uy olişga mablağ yiğiş uçun işga kirgan. Özinglar işlab topgan pul evaziga Xidirşadagi köp qavatli uylardan uy beramiz deyişgan. Şartnomalar qilingan. Lekin 10 nafar işçiga esa öşa yerdagi kottejlarni va'da qilişdi. Bunga oramizdan heç kim qarşimasdi. Xurşidaga ham kottej beriladi, deb aytişgandi.
Kottej olişi kutilayotganlar televideniyega çiqib intervyular berişdi. Qizlarimiz «kottejli böldik» deb rosa işonib qolişgandi. Umidvor bölib qolişgandi. Özingiz öylang, butun Özbekistonga kottej egasi, deb ovoza qilişdi. Lekin umidvor bölib qolgan Xurşida va boşqa kottej berilişi kutilayotganlarga xodimlar bölimi boşliği Mavludaxon Nişonova «Yöq sizlarga kottej emas, köpqavatli uylardan beriladi», deganidan keyin ular tuşkunlikka tuşib qolişdi. Biz ayniqsa Xurşida juda tuşkun kayfiyatda qolganini kördik. Internetga alam-aççiqda sözlagani aniq. Çunki, u va'dalarga işonib qolgandi», deydi u.
Tikuvçi ayollarning sözlariga köra, xodimlar bölimi boşliği Mavludaxon Nişonova Xurşidaning nafsoniyatiga tegadigan gaplar aytgan ekan. Öşa ön kişi içidan bir kişiga – prezident bilan uçraşgan Dilfuza Hojimatovagagina kottej berilgaç, Xurşida Tillayeva videomurojaat bilan internetga çiqqan.
Mavludaxon Nişonova Kun.uz muxbiriga Tillayeva Xurşidaxon Jabbor qiziga yangi uy uçun iş haqi hisobidan tölaş yöli bilan 12 million söm ötkazilgani haqidagi tölov topşiriqnomasini körsatdi.
Körib turganingizdek, tölov topşiriqnomasida pul 22 may kuni ötkazilgani qayd etilgan. Xurşida Tillayeva televideniyega intervyuni 16 may kuni bergan, unga möljallangan namunali uy uçun boşlanğiç tölov 22 may kuni ötkazilgan.
Demak, Xurşida çindan ham avvaliga köp qavatli uydan kvartira emas, kottej olişi rejalaştirilgan bölgan, deyişga asos bor.
Uy va'da qilingan boşqa ayollar
Andijon viloyati xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Yunusova uy-joyga muhtoj ayollar bilan yangi uylarda
(2019 yil mart).
«Daryo» muxbiri uşbu holat yuzasidan jurnalistik suriştiruv ötkazib, boşqa aldangan ayollar bilan ham gaplaşgan.
Ulardan biri, «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi»da işlovçi 30 yoşli Muyassar Rahimova 4 oy muqaddam viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Yunusova unga va uy-joyga muhtoj yana bir neça kişi, jumladan Xurşida Tillayevaga ham Prezident sovğasi sifatida namunali uylardan berilişini ma'lum qilgani, aprel oyida u yangi uylar oldida «Özbekiston 24» telekanali uçun intervyu berganini ham aytib ötgan (bu intervyuni mana bu havola orqali köriş mumkin).
«Bundan tört oy avval Manzura Pazliddinovna 10 nafar haqiqiy uyga muhtojlarni öşa namunali uylarga olib bordi. Ular içida mendan taşqari Xurşida, Dilfuza Hojimatova, Şohista Bakirova, Zulfiya opa, Xayriniso xola, Kamoliddin aka ham bor edi. Öşanda Manzura opa «Prezidentimiz sovğasi bu sizlarga. Biz faqat buyruqni bajaryapmiz. Uylar sotilmaydi, köngilni töq qilinglar. Barça qiyinçiliklar hali ortda qolib ketadi. Podşohning nazari tuşib, uyli bölyapsizlar», dedi. Biz esa uydan umid qilib, işçi kiyimlar va postellar işlab çiqaradigan «Mustaqillik» tikuvçilik sexida dam oliş kunlari ham köp pul topiş maqsadida astoydil işlaşda davom etdik. Bu yerga oktabr oyida işga kirganman. Öşanda operatsiyani boşdan keçirganimga bir hafta bölgandi. Maoşim özimning hisobim böyiça örtaça bir million söm bölişi kerak edi. Ammo kompyuterga buning yarmi tuşardi. Ikki marta bolam kasal bölganda ilojsiz 200 mingdan 400 ming söm va bir marta mukofot sifatida 100 ming sömni amallab oldim, xolos. Qolgan pullarimiz esa uy uçun ötardi. Mutasaddilar qistovi va xursandligimdan aprel oyida «Özbekiston 24» telekanali uçun intervyu ham berganman. Muxbirlar sexda iş qilayotganimni va biz uçun ajratilgan uy oldida mamnuniyat bilan gapirganimni s'yomka qilişgandi.
Prezident viloyatimizga kelgan kuni ertalab soat 08:00lar atrofida öşa uylarda yiğildik. Manzura opa «Ortiqça gap-söz qilmaysizlar, rahmat aytinglar xolos. Uylar albatta beriladi sizlarga, faqat köçayotganlaringizda örni almaşişi mumkin. Kayfiyatni buzmanglar», deya qattiq tayinladi. Özim adras köylak-lozim, farzandlarim ham çiroyli kiyinişi kerakligini aytişdi. Uyda bir söm ham mablağim yöqligi bois bir tanişimdan 500 ming söm qarz olib, bolalarim bilan kiyinib, yasandik. Öşa kuni özini Prezident qöriqçisi deya taniştirgan bir aka menga berilgan uyga kirib, «Sizlarga bu uylar jihozlari bilan berilişi haqida topşiriq bölgan. Qulluq bölsin!», deb tabrikladi. Manzura opa Tanzila Norboyevaga (Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi) men, Xurşidaxon va Şohistaxon uçun yangi uylarning hujjatlari rasmiylaştirilayotganini aytayotganini eşitgaç, könglimiz yanada yorişdi.
Prezidentni kuzatib, uyga qaytişimdan keyin heç qança vaqt ötmay seximizning kadrlar böyiça mutaxassisi Mavluda opa telefon qildi. «Muyassar, hammaga birma-bir aytib çiqdim. Senlarga uy berilganiga boşida işongandim men ham. Ammo uy yöq ekan. Sizlar aktrisalik qilibsizlar», dedi. Uning bu gaplaridan şokka tuşib qoldim. Öşa kundan beri tinçim yöqoldi. Umidsizlikda yaşaş juda qiyin ekan.
Qizlik uyimda ikki xonada 15ga yaqin odam juda qiyin ahvolda yaşaymiz. Öz Vatanim bölişini, bolalarim öqimişli bölişini istayman. Hayot qiyinçiliklarini yengib, 3 farzandim uçun kuraşişdan aslo ortga çekinmayman. Menga öşa namunali uylar oldida qurilayotgan köp qavatli uylardan birini beramiz, deyişdi. Ammo könmayapman. Bizni şu paytgaça nega aldab kelişdi? Nima uçun Prezident kelib-ketgaç, uyni yana qaytarib olişdi? Eşitişimça, menga deb berilgan öşa yangi uy hozir xususiy boğçaga aylantirilibdi», degan u.
Tikuvçilik sexida işlovçi Şohistaxon Bakirova esa Prezident maslahatçisi Tursinxon Xudoybergenov kelib, hokimlik vakillari oldida işçilarga bunyod etilayotgan yangi uylardan berilişini aytgani, lekin oradan uç oy ötgaç, şahar xotin-qizlar qömitasidan Ravşanoy opa kelib, barçaning sexdagi pullari endilikda köp qavatli uylar uçun ötişini ma'lum qilgani, undan köp ötmay esa viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Pazliddinovna sex işçilarini yangi uylarga olib borib, bittadan ajratib bergani haqida gapirgan.
Şohistaxon va Şirinxon aya Bakirovalar.
Foto: «Daryo»
«Men quvonib, Navrözdan söng «Özbekiston 24» telekanaliga intervyu berganman. Işonmasangiz, kanal arxividan izlasangiz, çiqib qoladi.
Xullas, Prezident namunali uylarga borgan kuni keçga yaqin u yerdan, ertasiga eski ijara uyimizdan haydaldik. Keyin Manzura opa bilan körişdik. Uning yordami orqali şu uyda vaqtinçalik yaşayapmiz. Deyarli har kuni ijroçi ayollar kelişib, tezroq çiqib ketişimiz kerakligini aytişyapti. 22 may kuni Muyassar ikkimiz yiğlab, birovlardan qarz-havola qilib Prezident portalidan yordam sörab, Toşkent sari otlandik. U yerda xodimlarga bor gapni aytdik va taşkilot raisining qabuliga yozilib qaytdik. Oy oxirida yana boramiz. Nega Prezident uyiga kirgan va suhbatlaşgan ayol — Dilfuza Hojimatovaga uy berilyapti? U ham boşida biz bilan röyxatda edi-ku. Oilamizga bermoqçi bölgan köp qavatli uylar avgustda bitarkan. Balkoni, kanalizatsiyasi yöq binoda keksa onam bilan qanday yaşaymiz? Bizni nega aldaşdi boşida? Şunga hayronmiz», — deydi Şohistaxon Bakirova.
Viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi közböyamaçilik faktini tan oldi
«Gazeta.uz» naşri viloyat hokimi örinbosari, viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi Manzura Yunusova bilan gaplaşgan.
Hokimlik vakili ham ayollar aldanganini tan olgan, faqat bu aldov ezgu maqsadlar yölida qilingan göyoki.
U ayollarni ular yuqorida aytganidek çindan ham yangi uylarga olib borgani va ularga «bularning barçasi ular uçun ekani»ni aytganini tasdiqlagan.
«Biz «Özdaryotrans»dan ularning yuklarini taşib berişni söradik. Uylar ular uçun qurilganini aytdik. Biz ularni yanada yaxşiroq işlaşga ruhlantiriş uçun şunday dedik», — degan u.
Viloyat hokimi nima dedi?
31 may kuni Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov jurnalistlar uçun matbuot anjumani ötkazdi va «kottej mojarosi»ga ham töxtaldi.
«Andijon şahrining «Mustaqillik», sobiq Puşkin MFYda 14ta köça bölib, ularda 1539ta xonadonda 2256ta oila istiqomat qiladi. Mahalla 1920-1930 yillarda umumiy hovli şaklida barpo etilgani sabab bugungi kunga kelib, yaroqsiz holatga tuşib qolgan. Aholi sonining ortişi natijasida bitta xonada bir neça kişi istiqomat qilişiga töğri kelgan. Hatto omborxonalardan turar-joy sifatida foydalanayotganlar ham köp. Şu bois mahalla ahlining yaşaş şaroitini yaxşilaş, turmuş tarzini şakllantiriş,doimiy iş örni bilan ta'minlaş çoralarini köra boşladik.
Xöjaobod tumanining Andijon şahri bilan tutaşgan qismida dastlab 226ta turar-joy binosi qurib bitkazildi. Ayni paytda davom etayotgan qurilişlar tufayli ularning soni 1000ta yetadi. Buning natijasida 2256ta oilaning 1000tasi namunali, arzon va barça qulayliklarga ega bölgan 2 sotixli hovli-joyga ega bölişadi. Aholining qolgan qismi aynan şu yerda qad rostlayotgan köp qavatli uylarga köçib ötadi. Aytiş, joiz barpo etilayotgan uylarning umumiy qiymati 75 million sömdan 85 million sömgaçani taşkil etadi. «Mustaqillik» köçasidagi uylarning erkin savdodagi narxi esa 4 million sömdan 55 million sömgaçaligini inobatga olsak, aholi e'tiroziga örin qolmaydi. Amaldagi tartiblarga rioya etiladigan bölsa har bir xöjalikka bittadan uy qurib berişimiz ham mumkin edi. Biroq biz unday qilmadik. Mana şu xöjalikda neçta oila mavjud bölsa, ularning barçasini alohida turar-joy bilan ta'minlaşga qaror qildik. Oqibatda 2 sotixli hovli-joylar haqiqiy röyxatda turuvçi fuqarolarga bepul qurib berildi. Bir hovlida istiqomat qiluvçi ikkinçi oila vakillari, ya'ni uy bekasining qizi yoki öğli esa köp qavatli turar-joy binolariga köçirilişi közda tutilgan. Aytiş joizki, ularning aksariyati hatto uşbu hududda doimiy röyxatda ham turişmaydi. Ana şunday fuqarolardan X.Tillayeva, M.Rahimova, Ş.Bakirova, X.Ermatova hamda M.Abduvaliyeva ham köp qavatli uylardagi xonadonlarga egalik qiliş huquqini qölga kiritgan va ular uçun ajratiladigan xonadonlarning dastlabki tölovlari «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi» MÇJ tomonidan oldindan tölab berilgan.
Umuman olganda, 46 nafar oğir şaroitdagi ayollar bilan 15 fevral kuni şartnoma tuzilgan bölib, 596 mln. 700 ming söm dastlabki tölov uçun mablağlar ötkazib berilişi şakllantirilgan», — degan viloyat hokimi.
Bundan taşqari, u Tillayevaning onasidan taşqari opasiga ham kottej berilganini aytmoqda. Bu gap qayerdan paydo bölib qolgani hozirça tuşunarsiz.
Lekin bu mavzuning asosiy nuqtasi — hokimlik va «Özbekiston 24» telekanali prezidentga közböyamaçilik qilganida edi-ku?
Hokim esa avvalroq bir neça naşrlarda yozilgan versiyani dastak qilmoqda — «Xurşida Tillayeva onasiga berilgan uyda uning nomidan intervyu bergan va endi özi ham kottej istamoqda».
Lekin bu versiya allaqaçon öz vaznini yöqotdi.
Birinçidan,hokim örinbosari Manzura Yunusova ayollar kottejlarga olib borilib, ularga bu uylar ular uçun deb aytilganini tasdiqladi. Bu Andijonda prezidentga közböyamaçilik qilinganini tasdiqlaş demakdir.
Ikkinçidan,«Mustaqillik tikuvçilik majmuasi»da işlovçi ayollardan biri Dilfuza Hojimatovaga boşqa hamkasblaridan farqli ölaroq kottej berildi — demak tikuvçilik sexida işlagan 10 ayolga kottej va'da qilingandi va ularning faqat bittasida kottej qoldirildi. Buni manfaatdor bölmagan önlab guvohlar — tikuvçilik sexi işçilari tasdiqlaşmoqda.
Muammo faqat Xurşida Tillayeva bilan boğliq emas - u kabi aldangan boşqa ayollar ham bor - ular uy olgani haqida yana öşa «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyular ham bor - buni öçirib yuborib bölmaydi.
Uçinçidan, Xurşida Tillayevaning tölov topşiriqnomasi böyiça tuşunarsiz vaziyat yuzaga kelgan – unda tölov arzon namunaviy uy-joy, ya'ni kottej uçun qilinganini köriş mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Qişloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uçun arzon uy-joylar qurişni kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 2018 yil 24 noyabrdagi PQ-4028 sonli qarorida arzon namunaviy uy joy va arzon kvartiralar alohida körsatilgan.
Törtinçidan, muhtoj xotin-qizlarga imtiyozli şartlarda uy-joy beriş taşabbusi prezidentga tegişli. Viloyat hokimi esa bu borada olib borilayotgan işlarni öz taşabbusi sifatida körsatmasligi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-son qarori bilan arzon uy-joylarni beriş tartibi tasdiqlangan bölib, unga köra oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan onalar toifalariga mos keluvçi xotin-qizlar arzon uy-joylarni olişlari mumkin.
Viloyat hokimi esa «insoniylik nuqtai nazaridan» «Mustaqillik» mahallasidagi eski uylarda yaşayotgan ayollarga yordam körsatiş uçun ularni «Mustaqillik tikuvçilik majmuasi»ga işga joylaştirib, «Qişloqqurilişinvest» MÇJ bilan joriy yilning 15 fevralida tuzilgan şartnomaga asosan iş haqlari hisobidan köp qavatli uylardan oladigan kvartirasi uçun boşlanğiç tölov sifatida 12 million sömdan 15 million sömgaça, jami 596 million 700 ming söm mablağ ötkazib berilgani, şundan 94 million 759 ming sömi kvartira oluvçilarning iş haqi hisobidan, 431 million 641 ming sömi korxona foydasi hisobidan homiylik tarzida ötkazilganini peş qilmoqda.
Lekin bu viloyat hokimining vallomatligi emas, uning prezident topşiriqlarini ijro etişidagi vazifalaridir.
Prezident şu yil martidagi videoselektorda ilgari surgan beşinçi taşabbus ham xotin-qizlarni iş bilan ta'minlaş masalalarini nazarda tutadi.
Bir yil muqaddam Prezident tomonidan «Andijon xalqi baxti» deya alqangan Şuhrat Qöşoqboyeviç endi öz hududida prezidentga közböyamaçilik qilinişiga yöl qöyib berdi, uning matbuot anjumanida bergan ma'lumotlari vaziyatni yanada çalkaştirdi. Hokim ayollarni kvartira olişga rozi bölmagani uçun noşukrlikda aybladi va ularni norozi qildi.
Viloyat hokimi matbuot anjumanida bu masala böyiça savollarga javob qaytarganini aytdi va u bu mavzuga boşqa qaytmoqçi emas. Ammo unga hali köp savollar bor.
Xurşida Tillayeva va uning hamkasblari holatida körinib turibdiki, ular vaziyat qurboniga aylanişdi. Ular aldov qurboni bölişdi. Öz haqqini talab qilib murojaat qilişganida esa turli bosimlarga uçrab, huquqlari buzildi. Axir u prezidentni «otam» deb çin dildan gapirgandi.
Ayni paytda viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan işçi guruhi mazkur holatni örganmoqda. Lekin bu masalaga respublika darajasida yondaşilişi va haqiqat qaror topişi, aybdorlar aniqlanib, közböyamaçilikka yöl qöygan mutasaddilar jazosini olişiga zarurat yuzaga kelgan.
Toki, bir yolğonni yopiş uçun yolğon sözlaşda davom etiş qanday oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkinligi joylardagi barça mutasaddilar uçun ibrat bölsin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi