19 may kuni Uluğnor tumani hokimligida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Davlat rahbari yiğiliş davomida Andijonda amalga oşirilayotgan ijobiy özgarişlarda viloyat hokimining mehnati katta ekanligiga töxtaldi, deya xabar beradi tadbirda iştirok etgan «Kun.uz» muxbiri.

«Bugun Andijon viloyati hokimi bilan köp gaplaşdim. Menga bir narsa ma'qul bu hokimda, sizlar şuni bilingki, men masala qöygan odamni juda hurmat qilaman. Masala qöyişni bilgan odam 50 foiz muvaffaqiyatga erişadi degani.

Fursatdan foydalanib aytib ötmoqçiman — men hokimdan roziman. Şuhrat Qöşoqboyeviç öz oldiga qöyilgan vazifalarni qölidan kelganiça bajarişda Özbekiston hokimlari orasida oldingi qatordagilardan biri desam, adaşmagan bölaman. Bu ham Andijon xalqining baxti.

Men viloyatdagi işlarni körib, hokimning kuyganini körib aytyapman. Bugun kun davomida 50 ta masala qöydi, har birining ostida kamida 5 milliardlik sarmoya yotibdi. Şuhrat Qöşoqboyeviç mana şunday faol safdoşimiz, men eng işongan hokimlardan biri. Men buni yuragimdan aytyapman», deydi prezident.

Prezident 20 may kuni ham Andijon şahrida bölib, bir qator ijtimoiy obektlarda amalga oşirilgan işlar bilan tanişişi kutilmoqda.