Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi
Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak - 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Respublika perinatal markazida 7 avgust kuni Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 1622 grammlik bir nafar o‘g‘il, 1330, 1510 va 1370 grammlik uch nafar qiz chaqaloq dunyoga keldi.
Vazirlikning xabar qilishicha, go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Mavzuga oid
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026
Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: unga ozish tavsiya qilindi
21:07 / 11.05.2026