Jahon | 23:32 / 20.11.2024
4968
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatmagan - TIV

Tashqi ishlar vazirligining Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi odatiy rejimda ishini davom ettirmoqda.

Foto: Reuters

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatmagan, odatiy rejimda ishini davom ettirmoqda va yopilmagan. Bu haqda TIV vakili Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qildi.

«Biroq mavjud vaziyatdan kelib chiqib, respublika fuqarolari doimiy ogohlikka chaqirib kelinmoqda», — deya izoh berdi Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Avvalroq Kiyevdagi AQSh elchixonasi 2024 yilning 20 noyabrida ehtimoliy hujum haqida olingan ma’lumotlar tufayli ishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Ispaniyaning Ukrainadagi elchixonasi ham shu kuni yopildi. Uning xodimlari elektron pochta orqali fuqarolarni Ukraina bo‘ylab havo hujumlari xavfi ortishi haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon ham Ukrainadagi o‘z fuqarolarini imkon qadar mamlakatni tark etishga chaqirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumlar faqat Ukrainaning harbiy va energetika obektlari hamda tegishli infratuzilma obektlariga qarata amalga oshiriladi.

Mavzuga oid