Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti uchun shartnoma berish 1 fevraldan qayta tiklanmaydi
2022 yil 1 fevraldan Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilish qayta tiklanmaydi. Arizalar qabul qilish 2021 yilning 20 dekabr kuni to‘xtatilgandi.
«UzAuto Motors 1 fevraldan boshlab mijozlarga kompaniyaning eng xaridorgir modellari hisoblangan Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzishni qayta tiklamaydi va bu jarayon qachon boshlanishi noma’lum», deya ma’lum qilgan Kun.uz manbasi.
Avvalroq, kompaniya 2021 yil 20 dekabridan 2022 yil 1 fevraligacha muddatda Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatib, barcha «kuch-g‘ayrati»ni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratishini ma’lum qilgandi. Bunga sabab sifatida butun dunyo bo‘ylab yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berishda uzilishlar yuzaga kelgani ko‘rsatilgan edi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
07:31 / 12.11.2024