Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Markaziy banki va Xalqaro hisob-kitoblar banki raqamli valutani sinovdan o‘tkazadi
Moliyaviy regulyatorlar 2020 yil oxiriga qadar Markaziy bank kriptovalutasi konsepsiyasini e'lon qiladi va uning qo‘llanilishini o‘rganadi.
Shveytsariya Markaziy banki va Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS) 2020 yil oxiriga qadar Markaziy bankning raqamli valutasini (CBDC) sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda BIS innovatsiyalar bo‘limi rahbari Benua Kere Shanxayda bo‘lib o‘tgan sammit paytida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Xitoyning The Paper nashri.
Kerening aniqlik kiritishicha, yaqin 2 oy ichida loyiha «konsepsiyani isbotlash» bosqichiga o‘tishi kerak, bu raqamli valutaning chakana foydalanuvchilar uchun mosligini o‘rganishni boshlashga imkon beradi. Uning ta'kidlashicha, test doirasida CBDC’ning amaldagi to‘lov tizimlari bilan aloqasini o‘rnatish imkoniyati o‘rganiladi va qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi.
BIS kelajakda Honkong, Tailand va boshqa mamlakatlarning moliyaviy regulyatorlari ushbu tashabbusga qo‘shilishiga umid bildirdi. Bu transchegaraviy to‘lovlarda raqamli valutani sinovdan o‘tkazishga imkon beradi.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026