Şveytsariyaning Kran-Montana kurortidagi bardagi yonğinga Bengal şamlari sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda kanton boş prokurori Vale Beatris Pillu ma’lum qildi.

«Hamma narsa yonğin şampan şişalariga yopiştirilgan bengal şamlari tufayli boşlanganini körsatmoqda. Ular şiftga juda yaqin bölgan», – degan boş prokuror.

Pilluning ta’kidlaşiça, şift akustik pena bilan qoplangan, şuning uçun olov juda tez tarqalgan.

Boş prokurorning sözlariga köra, bu asosiy versiya hisoblanadi, ammo hali uzil-kesil tasdiqlanmagan.

Tergovçilar yonğin nega bu qadar tez tarqalganiga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan: barda yaqinda ötkazilgan ta’mirlaş işlari, şiftda qöllangan materiallar (ayniqsa akustika uçun örnatilgan köpik/izolyatsiya materiallari), yonğin xavfsizligi talablariga rioya qilingan-qilinmagani, voqea paytida binoda bölgan odamlar soni va evakuatsiya imkoniyatlari. 

Reuters’ga köra, bar egalari söroq qilingan, biroq ular hozirça gumonlanuvçi maqomida emas. Agar «ehtiyotsizlik» alomatlari tasdiqlansa, ehtiyotsizlik oqibatida yonğin çiqariş, odam ölimiga sabab böliş kabi ayblovlar qöyilişi mumkin. 

Bardagi yonğin yangi yilga ötar keçasi röy berdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, kamida 40 kişi halok bölib, yana 119 kişi jarohatlangan.

Şveytsariyada fojia munosabati bilan beş kunlik motam e’lon qilingan, qurbonlar şaxsiga aniqlik kiritiş işlari olib borilmoqda.