Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sinfni o‘zgartirish: ota-onalar qanday tartibda murojaat qiladi?
Ota-onalarga farzandlarini o‘quv yili davomida ham, o‘quv yili tugaganidan keyin ham bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqi berilgan. Bu jarayon maktab direktoriga ariza berish va belgilangan tartibga rioya qilish orqali amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Amaldagi qoidalarga ko‘ra:
Ota-ona (yoki qonuniy vakil) bolasini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga yozma ariza beradi.
Maktab direktori arizani olgan kundan e’tiboran 1 ish kuni mobaynida uni ko‘rib chiqishi va o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida buyruq chiqarishi kerak.
Agar o‘sha sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yor — 35 nafardan ortiq bo‘lsa, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad etishi mumkin.
Bunday holda rad etish haqidagi qaror 3 kun ichida ota-onalarga yozma ravishda yetkazilishi lozim.
Direktor o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilganidan so‘ng, 3 kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Shu tariqa, bolaning sinfini o‘zgartirish ota-ona tashabbusi bilan rasmiy va aniq tartib asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
13:22 / 09.03.2026